Erdo'g'an:“Mamlakatimizning xalqaro rasmiy nomi “Türkiye” deb oʻzgartirildi”

Turkiya Prezidenti Rajab Tayyip Erdo'g'an kecha poytaxt Anqaradagi Prezidentlik saroyida bo'lib o'tgan Vazirlar Mahkamasi yig'ilishi yakunlari bo'yicha bayonot berdi.

1838795
Erdo'g'an:“Mamlakatimizning xalqaro rasmiy nomi “Türkiye” deb oʻzgartirildi”

 

Turkiya Prezidenti Rajab Tayyip Erdo'g'an kecha poytaxt Anqaradagi Prezidentlik saroyida bo'lib o'tgan Vazirlar Mahkamasi yig'ilishidan so'ng xalqqa xitob qildi.

Erdo’g’an Birlashgan Millatlar Tashkilotida Turkiyaning xalqaro maydondagi rasmiy nomi "Turkey"dan "Türkiye"ga o'zgartirilganligini ma’lum qildi.

“Mamlakatimizning xalqaro rasmiy nomi “Türkiye” deb oʻzgartirildi”,-deb aytgan Turkiya prezidenti.

"Bundan buyon fuqarolarimiz, xalqaro tashkilotlar mamlakatimizning nomini xalqaro maydonda “Türkiye” deb aytishlari mumkin bo'ladi. Bundan buyon davlatlarning barcha muassasalari rasmiy yozishmalarda “Turkey” so‘zini ishlatmaydi, balki to’liq “Türkiye” nomini ishlatadi. Bugun Vazirlar Mahkamasi yig'ilishimizda shunday qaror qabul qildik. Aslini olganda, Birlashgan Millatlar Tashkilotida bu yozishmalar endi butunlay kun tartibiga kirdi",-deb aytgan Turkiya prezidenti.

Iqlim o'zgarishi bilan yong'inlar, suv toshqinlari va sellar kuchayganini tilga olgan Erdo'g'an Turkiyaning o'rmon boyliklarini ko'paytirgan dunyodagi noyob davlatlardan biri ekanligini ta'kidladi.

Iqlim oʻzgarishiga qarshi kurash boʻyicha loyihalarni dunyo kelajagidagi ahamiyati tufayli 2053 yilgi qarashlari markaziga qoʻyganligini ifoda etgan Erdo’g’an, Iqlim Kengashi yigʻilganligini, barcha sektorlar tomonidan qilinadigan ishlar belgilanib, “iqlim bo’yicha qonun”ga tayyorgarlik boshlanganligini aytdi.

Bu doirada Erdo'g'an, quyosh va shamol energetikasi bo’yicha investitsiya faoliyatlarini yanada oshirganligini ma’lum qildi.

 

 


Tanlangan kalimalar: #Erdo'g'an , #Turkiya

Aloqador xabarlar