Tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho’g’li Gretsiyani ogohlantirdi

Tashqi ishlar vaziri Mevlud Chavusho’g’li, agar Gretsiya Egey dengizidagi orollarni qurollantirishdan voz kechmasa, suverenitet munozaralari boshlanadi, dedi.

1833020

Mevlud Chavusho’g’li, Falastin va Isroil ziyoratidan keyin samolyotda jurnalistlarning savollariga javob berdi.

Chavusho’g’li, Gretsiyaning 1923-yil Lozanna va 1947-yilgi Parij tinchlik kelishuvlari doirasida shartli ravishda berilgan orollar maqomini bekor qilishi xalqaro huquqqa zid ekanligini ta’kidladi.

Shunga qaramay, Gretsiyaning 1960 yildan beri orollarni harbiy bo'lmagan maqom bilan qurollantirganiga e'tibor qaratgan Tashqi ishlar vaziri, bundan voz kechilmasa, suverenitet bahsi boshlanishini bildirdi.

Chavusho'g'li

"Biz nihoyatda jiddiymiz, biz blof qilmaymiz. Agar Gretsiya bunga rioya qilmasa, bu masalani yana davom ettiramiz. Gretsiyaning qadamlari Turkiyaga tahdid solishni maqsad qilgan" dedi.

Aloqador xabarlar