Fahrettin Koja:"Turkiyada maymun chechagi virusi kuzatilmadi"

Vazir Ko’ja, poytaxt Anqarada Turkiya Oliy Millat Majlisida so'zlagan nutqida, oxirgi paytlarda dunyoda kuzatilayotgan maymunchechak kasalligi haqida ma'lumot berdi.

1832453
Fahrettin Koja:"Turkiyada maymun chechagi virusi kuzatilmadi"

 

Sog'liqni saqlash vaziri Fahrettin Ko'ja Turkiyada maymunchechak kasalligi yo'qligini ma'lum qildi.

Vazir Ko’ja, poytaxt Anqarada Turkiya Oliy Millat Majlisida so'zlagan nutqida, oxirgi paytlarda dunyoda kuzatilayotgan maymunchechak kasalligi haqida ma'lumot berdi.

Ko’ja, "Hech qanday ortiqcha tashvish bo'lmasligi kerak. Kasallik pandemiyaga sabab bo'lishiga ishonmayman. Bizda  maymunchechak  kasalligi  holati ko'rilgani yo’q.  Qachon sodir bo'lsa   ma’lumot beramiz ",  dedi u.

Fuqarolarning  tashvishlanmasligi  kerakligini ifoda etgan Ko’ja,

"Biz bilamizki, chechakka qarshi vaksinaning samaradorligi 80-85 foizni tashkil qiladi. Vaksina epidemiya xavfi yo'qolgan 1970-yillardan beri ishlab chiqilmagan, ammo Amerika Qo'shma Shtatlari  o'sha paytda tibbiy protsedura tufayli yo'q qilinishi kerak bo'lgan jonli virusni yashirgan”. deya qayd etdi.  

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 



Aloqador xabarlar