TRT Bosh direktori Yevropa teleradioeshittirishlar ittifoqi sammitida ishtirok etdi

TRT mezbonligida Istanbulda o’tkazilgan EBU Media sammitiga TRT Bosh direktori Mehmet Zohid Sobaji va EBU Bosh direktori Noel Curran bilan bir qatorda, 41 davlatdan 200 ga yaqin teleradiokompaniyalar yetakchilari ishtirok etdi.

1831853
TRT Bosh direktori Yevropa teleradioeshittirishlar ittifoqi sammitida ishtirok etdi

 

TRT Bosh direktori Mehmet Zohid Sobaji Yevropa teleradioeshittirishlar ittifoqini terrorizmga qarshi kurashda hamkorlikka chaqirdi.

Yevropa teleradioeshittirishlar ittifoqi (European Broadcasting Union – EBU) TRT mezbonligida 41 davlatdan 200 ga yaqin vakil ishtirokida Media sammitini o’tkazdi.

Sammitda qatnashgan TRT Bosh direktori Sobaji, “Global terrorga qarshi qattiq kurash olib borayotgan Turkiyaning davlat teleradiokompaniyasi sifatida, kelib chiqishi va ko’zlagan maqsadidan qat’iy nazar, terrorga qarshi kurashda mustahkam hamkorlik qilishga chaqiramiz”, dedi.

TRT ham a’zo bo’lgan EBU vakillari pandemiya sababli ikki yil oradan so’ng birinchi marta yuzma-yuz o’tkazilgan tadbirda ishtirok etdi. TRT mezbonligida Istanbulda o’tkazilgan EBU Media sammitiga TRT Bosh direktori Mehmet Zohid Sobaji va EBU Bosh direktori Noel Curran bilan bir qatorda, 41 davlatdan 200 ga yaqin teleradiokompaniyalar yetakchilari ishtirok etdi.

Ikki kun davom etgan tadbirda ommaviy axborot vositalarining kelajagi, yechimini kutayotgan muammolar, yangi tendentsiyalar va yoshlarga erishish kabi ko‘plab masalalar muhokama qilindi.

“Prezidentimizning “Dunyo beshdan katta” shiori umumiy va xavfsiz kelajagimiz yo‘lida kiritilishi lozim bo‘lgan yagona sarmoyaning sarhisobidir”

Sammitning ochilish nutqida TRT Bosh direktori Mehmet Zohid Sobaji uzoq davom etgan tanaffuzdan so’ng yuzma-yuz o'tkazilgan 2022-yilgi EBU Media sammitiga mezbonlik qilishdan bahtiyor ekanini bildirdi.

Bizning an'anaviy qadriyatlarimiz bo’lgan xolislik, adolat va shaffoflik, kelajakning raqamli ommaviy axborot vositalari ham o'zgarmas standartlar bo'lishi kerakliga urg’u bergan Sobaji, “Shu maqsadda EBU aʼzolari sifatida har doimgidek hamjihatlik ruhida yana ham osuda kelajak va ayni paytda jurnalistika madaniyatini boyitish yoʻlida qoʻshma ijodiy tashabbuslar bilan hamkorligimizni mustahkamlash va kengaytirishga shubham yoʻq. Unutmaylik, biz birgalikda yana ham kuchliroqmiz”, dedi.

TRT Bosh direktori Sobaji bugungi kunda eng muhim global media faollaridan biriga aylangan TRT 18 ta telekanal va 17 ta radio kanali, shuningdek, 9 ta raqamli platformasi, raqamli dasturlari hamda milliy va xalqaro darajadagi ko'plab tadbirlari bilan mamlakatda teleradioeshittirishlar yetakchisi mavqeini saqlab qolganligini aytdi.

“Endi biz odamlar va mintaqalarni ajratmasdan, dunyoni bir butun sifatida ko'rishimiz kerak. Har bir inson qadrli, degan tushuncha bilan, ko’rmaslikka olish biron chora emasligini idrok etishimiz kerak. Prezidentimiz janob Rajap Tayyip Erdo’g’an tomonidan xalqaro maydonlarda tez-tez ta'kidlangan "Dunyo beshdan katta" shiori, adolatli global tizim qurish shioridir; Bu barchamizning umumiy va xavfsiz kelajagimizga kiritilishi kerak bo'lgan yagona sarmoyaning qisqacha mazmunidir. Darhaqiqat, Turkiya bugungi kunda dunyoning tinchlik zamini sifatida eng muhim xalqaro mavzularda yetakchilar to’plangan, global jamoatchilik xushxabar kutgan, madaniy uchrashuvlar va yechim takliflari yaratilgan noyob davlatlardan biridir. Shu nuqtai nazardan, EBU ham e'tibor qaratadigan masala sifatida yoshlar va ommaviy axborot vositalari o'rtasidagi munosabatlarga ustuvor ahamiyat beradigan, ularning global muammolar va ularni hal qilish bo’yicha takliflarini o’z ichiga olgan faoliyatlar olib boryabmiz”,-dedi TRT Bosh direktori.

TRTning xalqaro xabar platformalari haqida gapirgan Sobaji, “TRT sifatida bugungi kunda teleradio kanallarimiz va raqamli platformalarimiz bilan dunyoning 7 qit'asiga 41 til va lahjada ko'rsatuvlarimizni yetkazib boryabmiz. “TRT World” bilan bir qatorda, yaqinda “TRT German”, “TRT Russian” va “TRT Arabic” raqamli xabar platformalarimizga “TRT French”ni ham ilova qilib, xalqaro eshittirishlar turkumining yangi a'zosi tashkil topishini nishonladik. Bundan tashqari, Afrika, Bolqon va Fors raqamli yangiliklar platformalarini ochish ustida ishlashni davom ettirmoqdamiz”, dedi.

 

“Terrorizmning kelib chiqishi va ko’zlagan maqsadidan qat’iy nazar, terrorga qarshi kurashda mustahkam hamkorlik qilishga chaqiramiz”

Inqirozlar, muammolar va o'zgarishlarni raqamlashtirish jarayonidan mustaqil ravishda o'ylashning iloji yo'qligini ta'kidlagan Sobaji, EBU Media Sammitida tarixiy chaqiriq bilan chiqdi. U “Biz davlat teleradiokompaniyasi sifatida axborotning ifloslanishi, noto’g’ri ma’lumot tarqatish va dezinformatsiyaga qarshi bor kuchimiz bilan kurashadigan muhim muassasamiz. Davlat teleradiokompaniyasi sifatida mas’uliyatimiz bu bilan cheklanib qolmaydi. Radikallashuv, daromadlar tengsizligi, global terrorizm, kiberxavfsizlik va ekologik muammolar haqida aholini xabardor qilishimiz kerak. Global terrorizmga qarshi kuchli kurash olib borayotgan Turkiyaning davlat teleradiokompaniyasi sifatida terrorizmning kelib chiqishi va ko’zlagan maqsadidan qat’iy nazar, terrorga qarshi kurashda mustahkam hamkorlik qilishga chaqiramiz”, dedi.

 

“Turkiya teleseriallar eksporti bo’yicha AQShdan keyin ikkinchi o'rinda”

TRT teleseriallari va hamkorlikdagi loyihalari muvaffaqiyati hamda raqamli platformalar faoliyati haqida gapirgan Sobaji:

“TRT seriallariga bo'lgan global qiziqishga e'tibor qaratmoqchiman. Turkiya teleseriallar eksportida AQShdan keyin ikkinchi o'rinda. Ushbu yutuqda teleradiokompaniyamizning inkor etib bo‘lmaydigan darajada katta hissasi bor, chunki u butun dunyo bo‘ylab teleseriallar savdosi yo‘nalishida ish olib bormoqda. Teleseriallar, hamkorlikda suratga olingan kinofil’mlar va multfilmlarimizga talab katta. Kelgusi oylarda xalqaro TRT raqamli video platformamizni hayotga tadbiq etish ustida ishlashni davom ettirmoqdamiz. Ushbu raqamli platforma va tayyorlanayotgan yangi loyihalar, shuningdek, EBU a’zolari bilan birgalikda amalga oshirilishi mumkin bo'lgan mahsulotlardan tashqari,  EBU pre-buy network (oldindan sotib olish tizimi) tomonidan taqdim etilgan imkoniyatlaridan ko'proq foydalanishga zamin yaratadi.

TRT epidemiya davrida EBU tomonidan “Content Appeal” nomi bilan boshlangan va a’zolar bepul foydalana oladigan dastur havzasiga hujjatli filmlar va dramalar kabi turli xil mahsulotlar bilan faol hissa qo'shdi. Qolaversa, TRT kino sohasida ham xalqaro hamkorlikni kundan-kunga oshirgan holda, nom qozonmoqda. Oxirgi uch yilda TRT hamkorligida ishlab chiqarilgan badiiy filmlar 300 dan ortiq milliy va xalqaro festivallarda, ayniqsa Kann, Berlin, Karlovi Vari, Venetsiya, San Sebastyan, Varshava va Lokarno kinofestivallarida 275 ga yaqin mukofotga sazovor boʻldi. TRT shuningdek, Xalqaro kino festivallarda taqdim etilgan TRT Maxsus mukofotlari, korporativ hamkorliklar va tadbirlar bilan ham bu sohadagi hamkorliklarga hissa qo'shmoqda”, dedi.

Sammitda so'zga chiqqan EBU Bosh direktori Noel Curran, TRTga ushbu ajoyib tadbir va samimiy mehmondo'stlik uchun minnatdorlik bildirib, “Siz bilan birga bo'lish biz uchun juda qimmatlidir. Shu munosabat bilan TRT bilan hamkorligimizni kuchaytiramiz, degan umiddamiz” dedi.

Ma'lumot o'rnida, Yevropadagi ommaviy axborot vositalarini birlashtirish maqsadida tashkil etilgan EBU dunyodagi eng muhim davlat teleradiokompaniyalari uyushmalaridan biri deb ataladi.



Aloqador xabarlar