Istanbulda Yevropa Radioeshittirishlar ittifoqi sammiti bo’lib o’tadi

Turkiya radio va televideniye korporatsiyasi (TRT) mezbonligida 23 va 24 may kunlari Istanbulda Yevropa radioeshittirish ittifoqi (EBU) Media sammiti bo’lib o’tadi.

1830597

TRT ham a'zo bo'lgan EBU vakillari, yangi turdagi koronavirus epidemiyasi tufayli ikki yildan keyin birinchi marta yuzma-yuz uchrashadi. Sammitda ommaviy eshittirishning kelajagi, hal qilinishi kerak bo'lgan muammolar, yangi tendentsiyalar va yoshlar uchun qulaylik kabi mavzular muhokama qilinadi.

Turkiya va Yevropadan muhim nomlar ishtirok etishi kutilayotgan sammitda TRT Bosh direktori Mehmet Zahid So’baji va EBU Bosh direktori Noel Curran ochilish nutqi bilan chiqish qiladi.

TRT Worldning tajribali boshlovchi  Mariya Ramos taqdimoti  bilan oʻtkazadigan  sammitda  ommaviy eshittirishning buguni va kelajagi muhokama qilinadi. Teodora Ivanova-Lemon, Google TV Content Collaborations rahbari, xalqaro biznesni rivojlantirish eksperti Olivier Van Duuren, Alejandro Lago Barselona Navarra universiteti IESE menejment   fakulteti  professorlari ham ma’ruzachilar sifatida qatnashadilar.

Aloqador xabarlar