Uganda Respublikasi Turkiya investitsiyasidan mamnun

"Biz turk investitsiyasidan mamnunmiz. Uganda sharqiy Afrika jamiyatining a'zosidir. Shu sababli Ugandaga amalga oshirilgan investitsiya ayni vaqtda butun sharqiy Afrikaning eshiklarini ochmoqda. Bu juda katta savdo demakdir",-dedi Uganda prezidenti.

1826350
Uganda Respublikasi Turkiya investitsiyasidan mamnun

 

Uganda Respublikasi prezidenti Yoveri Museveni Turkiya ishbilarmonlari Ugandaga sarmoya kiritganidan mamnunligini aytdi.

Ma'lumki, kuni kecha Uganda poytaxti Kampala shahrida Turkiya-Uganda savdo sammiti bo'lib o'tdi. Unda ikki mamlakatdan qator vazirlar va ishbilarmonlar ishirok etdi. Tadbirda ikki mamlakat o'rtasidagi sarmoyaviy imkoniyatlar haqida ma'ruzalar qilindi.

Sammitda Uganda Respublikasi prezidenti Yoveri Museveni ham ishtirok etib, turk investorlarining mamlakatdagi investitsiya faoliyatlari haqida gapirdi.

"Biz turk investitsiyasidan mamnunmiz. Ugandaga sarmoya kiritish faqatgina Ugandaga sarmoya kiritishni anglatmaydi. Uganda sharqiy Afrika jamiyatining bir a'zosidir. Shu sababli Ugandaga amalga oshirilgan investitsiya ayni vaqtda butun sharqiy Afrikaning eshiklarini ochmoqda. Bu juda katta savdo demakdir",-deb aytgan Uganda prezidenti.

 

 


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #Uganda

Aloqador xabarlar