Prezident Erdoʻgʻan Toqayev uchun rasmiy marosim uyushtirdi

Toqayevning Anqaraga bo‘lgan birinchi tashrifi Turkiya-Qozog‘iston munosabatlarida yangi davrdan dalolat bermoqda.

1824994
Prezident Erdoʻgʻan Toqayev uchun rasmiy marosim uyushtirdi

Qozog‘iston Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev ikki kunlik rasmiy tashrif bilan Turkiyaga keldi.

Toqayevni Esenbogʻa aeroportida vitse-prezident Fuat Oʻktay, gubernator va meriya rasmiylari bilan Turkiyaning Nur-Sultondagi elchisi Ufuk Ekiji va Qozogʻistonning Anqaradagi elchisi Yerkebulan Sapiyev kutib oldi.

Prezident Rejep Tayyip Erdoʻgʻan hamkasbi uchun Prezidentlik kulliyasida rasmiy marosim uyushtirdi.

Ikkala lider oʻzaro va hay’atlararo uchrashuvlarda ikki tomonli munosabatlarni har tomonlama muhokama qiladi.

Uchrashuvda eng asosiy mavzu iqtisod boʻlar ekan, ikki davlat oʻrtasidagi 10 milliard dollarlik savdo hajmiga erishish uchun tashlanadigan qadamlar baholanadi. Shuningdek turizm, energiya, sogʻlikni saqlash va mudofaa sanoati kabi hamkorlik sohalari qoʻlga olinadi.

Ikki lider mintaqaviy oʻzgarishlar nomi ostida Turk Davlatlari Tashkiloti tomonidan olib borilayotgan faoliyatlarga ham toʻxtalib, kelasi davrda kuzatilishi kerak boʻlgan yoʻl xaritasiga e’tibor beradi.

Uchrashuvda 24-fevraldan beri davom etayotgan Rossiya va Ukraina urushi ham chetda qolmaydi.  



Aloqador xabarlar