Prezident Erdo‘g‘an Ramazon hayiti munosabati bilan mamlakat liderlari bilan hayitlashmoqda

Prezident Erdo‘g‘an Ramazon hayitining ikkinchi kunida ham mamlakat liderlari bilan telefon orqali muloqotini davom ettirdi.

1821856
Prezident Erdo‘g‘an Ramazon hayiti munosabati bilan mamlakat liderlari bilan hayitlashmoqda

Prezident Rejep Tayyip Erdo‘g‘an Ramazon hayitining ikkinchi kunida ham mamlakat liderlari bilan telefon orqali muloqotini davom ettirdi.

Turkiya Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va kommunikatsiyalar boshqarmasi bayonotiga ko‘ra Prezident Erdo‘g‘an Qozog‘iston Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev, Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov, Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhammedov va Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmon bilan alohida-alohida telefon orqali muloqot qildi.

Unda Prezident Erdo‘g‘an bilan liderlar bir-birlarini muqaddas Ramazon hayiti munosabati bilan tabrikladilar.

Prezident Erdo‘g‘an hayitning birinchi kuni avvalom bor Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev, Shimoliy Kipr Turk Respublikasi Prezidenti Ersin Tatar, Eron Prezidenti Ibrohim Raisiy, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev, Quvayt Amiri Shayx Navaf al-Ahmad al-Jobir as-Saboh, Nigeriya Prezidenti Muhammad Buxoriy, Birlashgan Arab Amirliklar Abu-Dabi Amirligi valiahdi Muhammad bin Zoid al-Nahyon, Livan Bosh vaziri Najib Mikati, Pokiston Bosh vaziri Shahboz Sharif va Iroq Bosh vaziri Mustafa al-Kozimiy bilan alohida-alohida telefon orqali muloqot qilgandi.

Ushbu muloqatlar chog‘ida ham Erdo‘g‘an bilan liderlar bir-birlarini Ramazon hayiti bilan tabriklagandilar.

Isroil Prezidenti Isxak Gertsok ham Prezident Erdo‘g‘anga telefon orqali qo‘ng‘iroq qilib, Ramazon hayiti bilan tabrikladi.

 



Aloqador xabarlar