Prezident Erdo‘g‘an Saudiya Arabistonida

Prezident Erdo‘g‘an amaliy tashrif bilan Saudiya Arabistonida.

1820214
Prezident Erdo‘g‘an Saudiya Arabistonida

Prezident Rejep Tayyip Erdo‘g‘an Saudiya Arabistoni Qiroli Salmon bin Abdulaziz Al Saud bilan uchrashdi.

Kecha kechqurun Jidda shahriga yetib borgan Prezident Erdo‘g‘an Qirol Salmon tomonidan rasmiy marosim bilan kutib olindi.

Kutib olish marosimi ortidan Prezident Erdo‘g‘an bilan Qirol Salmon o‘zaro uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuv matbuotga yopiq ravishda bo‘lib o‘tdi.

Erdo‘g‘an keyinroq valiahd shahzoda Salmon bilan uchrashdi.

“As-Salom” saroyidagi ushbu uchrashuv ham matbuotga yopiq tarzda amalga oshdi.

Erdo‘g‘an Saudiya Arabistoniga jo‘nab ketishidan oldin bergan bayonotida, tashrif chog‘ida Turkiya-Saudiya Arabistoni o‘rtasidagi munosabatlarni har tomonlama ko‘rib chiqishlarini, hamkorlikni rivojlantirish imkoniyatlarini qo‘lga olishlarini bildirgandi.

 



Aloqador xabarlar