Mavlud Chavusho’g’li Panama prezidenti tomonidan qabul qilindi

Lotin Amerika safari doirasida Panamaga tashrif buyurgan Mavlud Chavusho’g’li prezident saroyi "Palacio de las Garzas"da Panama Prezidenti Laurentino Kortizo bilan uchrashdi.

1820404
Mavlud Chavusho’g’li Panama prezidenti tomonidan qabul qilindi

 

Turkiya Tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho’g’li Panama Prezidenti Laurentino Kortizo tomonidan qabul qilindi.

Lotin Amerika safari doirasida Panamaga tashrif buyurgan Mavlud Chavusho’g’li prezident saroyi "Palacio de las Garzas"da Panama Prezidenti Laurentino Kortizo bilan uchrashdi.

Vazir Chavusho’g’li ushbu uchrashuv haqida Twitter’dagi sahifasida ma'lum qildi.

"Biz Panama prezidenti Laurentino Kortizo bilan uchrashdik. Hamkorligimizni barcha sohalarda, ayniqsa, iqtisodiy va tijorat masalalarida rivojlantiramiz",-deb yozdi Chavusho’g’li Twitter’da.

Panama prezidenti Laurentino Kortizo ham o‘zining Twitter'dagi sahifasida uchrashuv tasvirlarini e'lon qildi.

"Turkiya Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho’g’lini Prezidentlik saroyida mehmon qildim va bizni xalqlarimiz farovonligi yo’lida birlashtiruvchi hamkorlik va qardoshlik rishtalarini mustahkamlash haqida suhbatlashdim”,-deb yozdi Panama prezidenti Twitter'da.


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #Panama , #Mavlud Chavusho’g’li

Aloqador xabarlar