TQKning terrorizmga qarshi kurashi davom etmoqda

Turk Qurolli kuchlarining terrorga qarshi kurashi, mamlakatda bo‘lganidek qo‘shni davlatlarda ham davom etmoqda.

1817709
TQKning terrorizmga qarshi kurashi davom etmoqda

Shirnakdagi, “Eren blokada-5” amaliyoti doirasida PKK terror tashkilotiga a’zo 3 terrorist yoʻq qilindi.

Ichki ishlar vaziri Suleyman Soʻylu mavzu haqida Twitter orqali bergan bayonotida, Shirnakning Bestler-Dereler hududida insonsiz havo transporti yordamida yoʻlga qoʻyilgan amaliyot natijasida 3 terroristning yoʻq qilinganini ma’lum qildi.

Terroristlarni nazarda tutgan Soʻylu:

“Siz tugayapsiz, taslim boʻling”.-degan ifodalarga oʻrin berdi.

Ichki ishlar vazirligi shu bilan birga, Mardinda, “Eren blokada-6” amaliyoti boshlatilgani haqida ma’lumot boʻlishdi.

Vazirlik tomonidan bu haqida berilgan bayonotda, PKKni mamlakat kun tartibidan chiqarish va mintaqadagi terroristlarni yoʻq qilish maqsadida boshlatilgan “Eren blokada-6” amaliyotida 38 nafar maxsus topshiriqli askar bilan 569 nafar personalning ishtirok etgani qayd etildi.

Bayonotda, mamlakatdagi terroristlarni butunlay yoʻq qilishga qaratilgan blokada amaliyotlari, xalqning qoʻllab-quvvatlashi bilan ishonch asosida qarorli va muvaffaqiyatli ravishda davom etgani ta’kidlandi.

Iroqning shimolida 18-aprel kuni boshlagan “Panja-kalit” amaliyotida esa bugungacha 56 nafar terrorist yoʻq qilindi.

Milliy Mudofaa vaziri Hulusi Akar, kecha Bosh shtab rahbari general Yashar Guler va Harbiy kuch tuzilmalari rahbariyati bilan chegaraning eng yaqin nuqtasida joylashgan uchinchi piyoda diviziyasiga oid Taktiklarni boshqarish punktiga bordi.

Akar, u yerda amaliyotda qatnashgan boʻlinma qoʻmondonlari bilan videokonferentsiya oʻtkazdi.

Hulusi Akar, “Panja-kalit” amaliyotidagi oxirgi vaziyat haqida:

“Panja-kalit amaliyotida bugungacha 56 nafar terrorist yoʻq qilindi. Amaliyotlarimiz muvaffaqiyatli ravishda rejalashtirilganidek davom etmoqda”.-dedi.

 

 



Aloqador xabarlar