Turkiya Afg'onistondagi ta'lim muassasalariga uyushtirilgan terror hujumlarini qoraladi
Turkiya Afg'onistonning poytaxti Kobuldagi ta'lim muassasalariga uyushtirilgan terror hujumlarini qoraladi.
Turkiya Afg'onistonning poytaxti Kobuldagi ta'lim muassasalariga uyushtirilgan terror hujumlarini qoraladi.
Tashqi ishlar vazirligining yozma bayonotida,
"Afg'onistonning poytaxti Kobuldagi ta'lim muassasalari nishonga olingan portlashlarda ko'plab insonlar, jumladan, talabalar halok bo'lgani va jarohatlangani katta qayg'u bilan o'rganildi. Biz bu g'ayriinsoniy terror hujumlarini eng qattiq so'zlar bilan qoralaymiz". Deya ifoda etildi.
Bayonotda, hujumda halok bo‘lganlarning oila a’zolariga, do‘st va qardosh Afg‘on xalqiga hamdardlik bildirib, jarohat olganlarga tez fursatlarda sog‘ayib ketishini tiladi.
Kobulning g'arbidagi Abdul Rahim shahid liseyi va Mumtaz kursida kecha birin-ketin uyushtirilgan bombali hujumlarda 6 kishining hayotdan ko'z yumgani, 11 kishining tan jarohati olgani bildirilgan edi.
Aloqador xabarlar
Kurtulmush Rus -Turk ishbilarmonlar uyushmasi a’zolarini qabul qildi
Kurtulmush Moskvada Rus -Turk ishbilarmonlar uyushmasi a’zolarini qabul qildi.