TIKA Iroqdagi 6 ming oilaga insonparvarlik yordami yetkazadi

TIKAning Bag'doddagi vakolatxonasi rahbari Mustafo Yaziji ma’lum qilishicha, joriy yilda Ramazon oyida Iroqdagi 6 ming oilaga insonparvarlik yordami yetkazib beriladi.

1813591
TIKA Iroqdagi 6 ming oilaga insonparvarlik yordami yetkazadi

 

Turk hamkorlik va muvofiqlashtirish agentligi TIKA Iroqning Erbil shahrida muhtoj oilalarga oziq-ovqat yordami yetkazdi.

TIKAning Bag'doddagi vakolatxonasi rahbari Mustafo Yaziji ma’lum qilishicha, joriy yilda Ramazon oyida Iroqdagi 6 ming oilaga insonparvarlik yordami yetkazib beriladi.

Avvalgi kuni Kerkukdagi muhtoj oilalarga oziq-ovqat yordami tarqatilganligini aytgan Mustafo Yaziji, kecha esa Erbildagi “Bahiska” qochqinlar lagerida yashovchi 300 oilaga oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berilganligini ma’lum qildi.

“Bu yil Erbil atrofidagi lagerlarda yashovchi insonlarga 2000 ta oziq-ovqat paketi tarqatamiz” ,-dedi u.

U shuningdek, Karbalo va Nasiriya hududlaridagi muhtoj oilalarga ham oziq-ovqat yordami yetkazilishini qo'shimcha qildi.


Tanlangan kalimalar: #Iroq , #TIKA

Aloqador xabarlar