Turkiya ikki oyda 16 ming 361 ta kutubxona barpo etdi

Prezident Erdo‘g‘an, Prezidentlik kulliyasidagi ko‘rgazmalar zalida o‘qituvchilar va ta’lim muassasalari rahbarlari uchun berilgan iftor dasturiga qatnashdi.

1809143
Turkiya ikki oyda 16 ming 361 ta kutubxona barpo etdi

Prezident Rejep Tayyip Erdo‘g‘an,

“Yevropa davlatlari orasida stressga eng kam yo‘liqqan o‘qituvchilar bizning o‘qituvchilardir”.-dedi.

Prezident Erdo‘g‘an, Prezidentlik kulliyasidagi ko‘rgazmalar zalida o‘qituvchilar va ta’lim muassasalari rahbarlari uchun berilgan iftor dasturiga qatnashdi.

“Kutubxonasiz maktab qolmaydi”,-degan loyiha asosida faqatgina ikki oylik qisqa vaqt ichida 16 ming 361 yangi kutubxona barpo etganliklarini qayd etgan Prezident Erdo‘g‘an, darslarning yana-da samarali o‘tishiga hissa qoshish maqsadida 503 ming sinifga interfaol doska oʻrnatganliklarini taʼkidladi.

Erdo‘g‘an:

“Turkiya Yevropada oxirgi 20 yilda o‘qituvchi maoshlarini eng koʻp oshirgan, majburiy dars soatlarini eng kam tutgan davlatdir. Iqtisodiy taraqqiyot va hamkorlik tashkiloti ma’lumotiga ko‘ra Yevropa davlatlari orasida stressga eng kam yo‘liqqan o‘qituvchilar ham bizning o‘qituvchilarimizdir”.-deya gapirdi.


Tanlangan kalimalar: #Prezident Erdo‘g‘an , #kutubxona , #iftor

Aloqador xabarlar