Turkiyaga F-16 samolyotlarini sotish AQShning milliy xavfsizlik manfaatlariga mos deya bildirildi

Amerika Qo'shma Shtatlari (AQSh) Turkiyaga F-16 qiruvchi samolyotlarini sotish AQShning milliy xavfsizlik manfaatlariga mos kelishi va NATOning uzoq muddatli birligiga xizmat qilishini qayd etdi.

1808707

AQSh Davlat departamenti F-16 samolyotlarining Turkiyaga sotilishiga doir AQSh Kongressiga maktub yo’llab, “F-16 savdosi AQSh manfaatlariga to’g’ri keladi va NATOning uzoq muddatli birligiga xizmat qiladi” dedi.

Maktubda Anqara va Vashington oʻrtasidagi munosabatlar keskinlashgani eʼtirof etilib, Turkiyaning Ukraina bilan mudofaa munosabatlari “mintaqadagi zararli taʼsirlardan toʻxtatuvchi muhim omil” sifatida taʼriflanadi.

Prezident Rajab Toyyib Erdo‘g‘an 10-mart kuni AQSh Prezidenti Jo Bayden bilan telefon orqali suhbatda, Turkiyaning AQShdan 40 ta yangi samolyot sotib olish va mavjud F-16 samolyotlarini modernizatsiya qilishni o‘z ichiga olgan talabining qisqa vaqt ichida yakunlanishini kutayotganini bildirdi. Turkiyaga qarshi barcha nohaq sanksiyalarni olib tashlash vaqti allaqachon kelganini ta'kidlagan edi.

Türkiye, Ekim ayında ABD'den 40 adet Lockheed Martin yapımı F-16 savaş uçağı ve mevcut uçakları için 80'e yakın modernizasyon kiti satın almak için talepte bulunmuştu.

Oktyabr oyida Turkiya AQShdan Lockheed Martin kompaniyasida ishlab chiqarilgan 40 ta F-16 qiruvchi samolyoti va hozirgi samolyotlari uchun 80 ga yaqin modernizatsiya to'plamini sotib olish  talabi bilan chiqqan edi.

Tanlangan kalimalar: #Samolyot , #F-16 , #AQSh , #Turkiya

Aloqador xabarlar