Erdo'g’an Yaponiya Bosh vaziri Kisida Fumio bilan muloqot qildi

Yetakchilar suhbat chog'ida Türkiye-Yaponiya munosabatlarining bugungi holati va istiqbollari, hamkorlik aloqalarini yaxshilashga qaratilgan tashabbuslar va mintaqaviy mavzular, ayniqsa Rossiya-Ukraina urushini muhokama qildi.

1807756
Erdo'g’an Yaponiya Bosh vaziri Kisida Fumio bilan muloqot qildi

 

Türkiye prezidenti Rajap Tayyip Erdo'g’an kecha, 5-aprel kuni Yaponiya Bosh vaziri Kisida Fumio bilan telefon orqali muloqot qildi.

Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Xabarga ko'ra, yetakchilar suhbat chog'ida Türkiye-Yaponiya munosabatlarining bugungi holati va istiqbollari, hamkorlik aloqalarini yaxshilashga qaratilgan tashabbuslar va mintaqaviy mavzular, ayniqsa Rossiya-Ukraina urushini muhokama qildi.

Erdog’an o'z navbatida Türkiye-Yaponiya Iqtisodiy sheriklik kelishuvini eng qisqa vaqt ichida o'z maqsafiga erishtirish samarali bo’lishini ta’kidladi.

Shuningdek, energetika, oziq-ovqat, qishloq xo'jaligi, ilg'or texnologiyalar, mudofaa va kosmik sanoat sohalarida hamkorlik salohiyatini faollashtirish niyatida ekanini tilga oldi.

Suhbat chog'ida 24-fevraldan beri davom etayotgan Rossiya-Ukraina urushi bilan bog’liq o’zgarishlar ham muhokama qilindi.

Erdo'g’an o’t ochishni to’xtatish va gumanitar yo'laklarni ochish uchun sa'y-harakatlarini davom ettirganligini qayd etdi.


Tanlangan kalimalar: #Türkiye , #Yaponiya , #Erdo'g'an

Aloqador xabarlar