Istanbuldagi Rossiya-Ukraina muzokarasi o‘z nihoyasiga yetdi

Dolmabaxche saroyida Rossiya va Ukraina hay'atlari o‘rtasida muzokara uyushtirildi

1803775
Istanbuldagi Rossiya-Ukraina muzokarasi o‘z nihoyasiga yetdi

Rossiya tomonidan Ukrainaga qarshi 24-fevral kuni boshlatilgan urush ortidan tomonlar navbatdagi muzokara uchun Istanbulga keldi.

Shahardagi Dolmabaxche saroyida bo‘lib o‘tgan ushbu muzokarada, Rossiya va Ukraina tomonlarining ham hay’at rahbarlari ham da hay’atlari uchrashdi.

Prezident Rejep Tayyip Erdo‘g‘an, Rossiya-Ukraina muzokara hay’atining Istanbuldagi yig‘ilishi oldidan bergan bayonotida:

“Adolatli tinchlikda yutqazuvchilar bo‘lmasligiga ishonamiz. Urushning davom etishi hech kimga foyda bermaydi”,-dedi.

Prezident Erdo‘g‘an, mavzu haqida shuningdek.

“Mintaqasida ko‘plab azob-uqubatga guvoh bo‘lgan bir davlat sifatida Qora dengiz shimolida ham shunga o‘xshash manzara yuzaga kelishining oldini olishga harakat qildik”.-dedi.

Rejep Tayyip Erdo‘g‘an,

“Barcha xalqaro platformalarda har ikki tomonning ham haq-huquqini himoya qilgan, adolatli munosabat bildirdik”,-deya gapirdi.

“O‘q uzishning tezroq to‘xtashi va tinchlikning o‘rnashi hammaning foydasiga”,-degan Prezident:

“Bundan buyon muzokaralardan konkret natija olinadigan bosqichga o‘tdik degan fikrdaman. Shu bois ham siz hay’at a’zolari zimmasida tarixiy javobgarchilik bor. Butun dunyo sizlardan suyunchli xabar kutmoqda”.-degan ifodalarga o‘rin berdi.

Erdo‘g‘an,

“Muzokaralarda siz erishadigan muvaffaqiyat, keyingi bosqichda liderlarning uchrashuviga ham imkon beradi. Biz bunday uchrashuvni ham o‘tkazishga tayyormiz”.-deya gapirdi.

Prezident Rejep Tayyip Erdo‘g‘an bilan Rossiya Davlat rahbari Vladimir Putin telefon orqali yakshanba kuni yo‘lga qo‘ygan muloqatida, Rossiya va Ukraina muzokara hay’atlarining navbatdagi yig‘ilishini Istanbulda o‘tkazish borasida kelishib olgandi.

Shu bilan birga Ukraina tashqi ishlar vaziri Dmitro Kuleba o‘z yurtida matbuotga bergan bayonotida:

“Turkiyadagi muzokaralardan minimal talabimiz gumanitar muammolarni hal qilish, maksimal talabimiz esa otashkesim va barqaror kelishuv”,-degan ifodalarga o‘rin berdi.

 

 



Aloqador xabarlar