MXK Prezident Erdo‘g‘an yetakchiligida yig‘ilish o‘tkazdi

Milliy Xavfsizlik kengashi kecha Prezident Erdo‘g‘an yetakchiligida poytaxtda yig‘ilish o‘tkazdi.

1801038
MXK Prezident Erdo‘g‘an yetakchiligida yig‘ilish o‘tkazdi

Milliy Xavfsizlik kengashi Prezident Rejep Tayyip Erdo‘g‘an yetakchiligida yig‘ilish o‘tkazdi.

Poytaxt Anqaradagi Prezidentlik kulliyasida uyushtirilgan ushbu yig‘ilish, taxminan 3 soat 45 daqiqa davom etdi.

Yig‘ilish ortidan berilgan bayonotda:

“Turkiya Qora dengiz tinchligi va barqarorligi uchun (1936-yili imzolangan) Montryo konventsiyasiga bo‘ysunish bilan bir qatorda (Rossiya bilan Ukraina ortasida) o‘rtamchilik qilib, (muammoni hal qilish ishlarini) qulaylashtirishni davom etadi. Turkiyaning Qora dengiz shimolida yuz berayotgan voqealarga bo‘lgan munosabati, global va mintaqaviy tinchlik uchun qanchalik o‘rinli ekani so‘nggi o‘zgarishlardan yaqqol namoyon bo‘ldi”.-degan ifodalarga o‘rin berildi.

Bayonotda, 24-fevraldan beri davom etayotgan Rossiya-Ukraina urushi haqida esa:

“Ikkala davlat muammolarining Ukraina mustaqilligi va hududiy yaxlitligini hisobga olgan holda hal qilinishi uchun, kerakli saʼy-harakatlarining kuchaytirilishi zarurligi qayd etildi”,-deyildi.



Aloqador xabarlar