AQSh elchisi Jeffry Flake Turkiya hukumatiga minnatdorlik bildirdi

Amerika Qo'shma Shtatlari (AQSh) Anqara elchisi Jeffry Flake va rafiqasi Cheryl Flake, elchixonada bergan taklifiga binoan Turkiyaning tabiiy go'zalliklarini aks ettiruvchi 21 ta fotosuratni tanishtirdi.

1800469
AQSh elchisi Jeffry Flake Turkiya hukumatiga minnatdorlik bildirdi

 

Amerika Qo'shma Shtatlarining Anqaradagi elchisi Jeffry Flake va rafiqasi Cheryl Flake, elchixonada bergan taklifiga binoan Turkiyaning tabiiy go'zalliklarini aks ettiruvchi 21 ta fotosuratni tanishtirdi.

Elchi Flake va rafiqasi mezbonlik qilgan ziyofatga fotosuratlar egasi  Juma Chevik va uning rafiqasi bilan birga siyosatchilar, ko'plab xorijiy missiya rahbarlari, akademiklar va diplomatlar ishtirok etdi.

Elchi Flake bu yerda so'zlagan nutqida Turkiyaga kelganiga bir necha oy bo'lganiga qaramay o'zlarini uyda his qilganliklarini bildirdi.

"Biz yashayotgan davr haqida ham bir narsani aytmoqchiman. Bu Ukraina uchun og'ir vaqtlar. Turkiya hukumatiga Ukraina suverenitetini qat'iy qo'llab-quvvatlagani va insonparvarlik yordamiga muhtojlarga ko'rsatgan barcha yordami uchun minnatdorchilik bildirmoqchiman". dedi.

Flake, shuningdek, diplomatiyani qat'iy qo'llab-quvvatlashi va diplomatik yechim topishga qaratilgan sa'y-harakatlari uchun Turkiyaga minnatdorchilik bildirdi, "Umid qilamanki, diplomatik yechim topiladi". Dedi u.

Turkiyaning NATOga a’zoligining 70 yilligi nishonlanganligini eslatgan Elchi Flake, “Biz va boshqa NATO a’zolari bilan ko’rsatgan birligingiz uchun tashakkur”  deya qayd etdi.

Amerika Qo'shma Shtatlari (AQSh) Anqara elchisi Jeffry Flake va rafiqasi Cheryl Flake, elchixonada bergan taklifiga binoan Turkiyaning tabiiy go'zalliklarini aks ettiruvchi 21 ta fotosuratni tanishtirdi.

Elchi Flake va rafiqasi mezbonlik qilgan ziyofatga fotosuratlar egasi  Juma Chevik va uning rafiqasi bilan birga siyosatchilar, ko'plab xorijiy missiya rahbarlari, akademiklar va diplomatlar ishtirok etdi.

Elchi Flake bu yerda so'zlagan nutqida Turkiyaga kelganiga bir necha oy bo'lganiga qaramay o'zlarini uyda his qilganliklarini bildirdi.

"Biz yashayotgan davr haqida ham bir narsani aytmoqchiman. Bu Ukraina uchun og'ir vaqtlar. Turkiya hukumatiga Ukraina suverenitetini qat'iy qo'llab-quvvatlagani va insonparvarlik yordamiga muhtojlarga ko'rsatgan barcha yordami uchun minnatdorchilik bildirmoqchiman". dedi.

Flake, shuningdek, diplomatiyani qat'iy qo'llab-quvvatlashi va diplomatik yechim topishga qaratilgan sa'y-harakatlari uchun Turkiyaga minnatdorchilik bildirdi, "Umid qilamanki, diplomatik yechim topiladi". Dedi u.

Turkiyaning NATOga a’zoligining 70 yilligi nishonlanganligini eslatgan Elchi Flake, “Biz va boshqa NATO a’zolari bilan ko’rsatgan birligingiz uchun tashakkur”  deya qayd etdi.

 

 


Tanlangan kalimalar: #Jeffry Flake , #Anqara , #Elchi , #AQSh

Aloqador xabarlar