Turkiy davlatlar tashkiloti Oqsoqollar kengashi raisi Qirg’izistonga tashrif buyurdi

Turkiy davlatlar tashkiloti (TDT) Oqsoqollar kengashi raisi Binali Yildirim yetakchiligidagi delegatsiya Bishkekda Qirg’iziston iqtisodiyot va savdo vaziri Daniyar Amangeldiyev hamda Transport va kommunikatsiyalar vaziri Erkinbek Osoyev bilan uchrashdi.

1799866
Turkiy davlatlar tashkiloti Oqsoqollar kengashi raisi Qirg’izistonga tashrif buyurdi

 

Turkiy davlatlar tashkiloti (TDT) Oqsoqollar kengashi raisi Binali Yildirim amaliy tashrif bilan Qirg’iziston poytaxti Bishkekda bo’ldi.

Binali Yildirim yetakchiligidagi delegatsiya Qirg’izistonda Iqtisodiyot va savdo vaziri Daniyar Amangeldiyev hamda Transport va kommunikatsiyalar vaziri Erkinbek Osoyev bilan uchrashdi.

Binali Yildirim Amangeldiyev bilan bo’lgan uchrashuvda Istanbulda bo’lib o’tgan 8-sammitda Turkiy Kengashning nomi Turkiy Davlatlar Tashkiloti sifatida o’zgartirilganini va bu sammitda yangi maqsadlar qo’yilganligini eslatdi.

Qirg’iziston Turkiy Davlatlar Tashkilotiga a’zo mamlakatlar bilan yaqin hamkorlikka ega ekanligini va ushbu mamlakatlar bilan mushtarak savdo hajmini oshirish uchun harakat qilayotganligini ta’kidlagan Amangeldiyev, Turkiy Davlatlar Tashkiloti doirasida Turkiya sarmoya jamg’armasini tashkil etishning ahamiyatiga e’tibor qaratdi.

Oqsoqollar kengashi raisi Binali Yildirim keyinroq vazirlik binosida Qirg’iziston Transport va kommunikatsiyalar vaziri Erkinbek Osoyev bilan uchrashdi.

Uchrashuvda Turkiya bilan Qirg’iziston o’rtasidagi aloqalarni rivojlantirish bilan birga Turkiy Davlatlar Tashkilotiga a’zo mamlakatlar o’rtasidagi transport va telekommunikatsiya sohasini yanada rivojlantirish maqsad qilinganligini qayd etdi.

Transport sohasida aloqalarni rivojlantirishga ustuvor ahamiyat berilganligini ifoda etgan Binali Yildirim Xitoy-Qirg'iziston-O'zbekiston temir yo'l liniyasini sharq-g'arb savdosining rivojlanishi uchun o’ta muhim va foydali deb baholashini qayd etdi.

Muzokaralar matbuotga yopiq shaklda davom etar ekan, Binali Yildirim boshchiligidagi delegatsiyaning Qirg’izistondagi Manas universitetiga tashrifi va Prezident Sadir Japarov va parlament raisi Talant Mamitov bilan uchrashishi rejalashtirilgan.



Aloqador xabarlar