Turkiya G‘arbiy Frakiyadagi qabristonning vayron qilinishini qoraladi

16-mart kuni Turkiya G‘arbiy Frakiyadagi musulmonlar qabristonining futbol maydoni qurish bahonasida vayron qilinganini qoraladi.

1797942

Tashqi ishlar vazirligi tomonidan berilgan yozma bayonotda, Ksantining Horozlu qishlog'ida ozchilikka oid Usmonlilar davridan qolgan musulmon qabristonining vayron qilinishi qoralandi.

"Bulustra (Avdira) merining buyrug'i bilan amalga oshirilganligi tushunilgan g'ayriinsoniy harakat bo'yicha Gretsiya oldida zarur tashabbuslar qilindi "  deya ifoda  etildi.

Bayonotda, Turkiyaning tashabbuslariga ijobiy javob bergan Yunoniston ma'murlarining kerakli sezgirlik ko'rsatgan holda boshlagan tergovni yakunlashi va qabristonni eng qisqa vaqt ichida qayta tiklashi kutilayotgani ta'kidlandi.

Aloqador xabarlar