Turkiya va Germaniya o'zaro savdo hajmini 50 mlrd dollarga yetkazadi

Turkiya prezidenti Rajab Tayyip Erdo'g'an va Germaniya kansleri Olaf Shols uchrashuv va muzokaralar yakuni bo’yicha qo’shma matbuot anjumani o’tkazdi.

1795694
Turkiya va Germaniya o'zaro savdo hajmini 50 mlrd dollarga yetkazadi

 

Turkiya prezidenti Rajab Tayyip Erdo'g'an va Germaniya kansleri Olaf Shols uchrashuv va muzokaralar yakuni bo’yicha qo’shma matbuot anjumani o’tkazdi.

Germaniya kansleri Olaf Shols bilan uchrashuvda Rossiya-Ukraina mojarolarini muhokama qilish imkoniyatiga ega bo'lganini ta'kidlagan Erdo'g'an,

“Biz NATOga a’zo ikki ittifoqdosh davlat sifatida xavotirlarimiz borligini tasdiqladik. Yechim yo‘lidagi diplomatik sa’y-harakatlarni tezlashtirishga kelishib oldik”,-dedi.

Erdo'g'an shuningdek, Rossiya bilan Ukraina o'rtasida o't ochishni to'xtatish uchun hech ikkilanmay sa’y-harakatlarini davom ettirishga kelishib olinganligini ma’lum qildi.

“Say-harakatlarimiz natijasida Antaliyada Rossiya va Ukraina tashqi ishlar vazirlari uchrashuvini amalga oshirdik. Bu jihatdan Antaliyadagi diplomatik forum katta muvaffaqiyat hisoblanadi. Biz hech ikkilanmasdan doimiy sulh o'rnatish uchun sa'y-harakatlarimizni davom ettiramiz. Ushbu murakkab davrda yuqori darajadagi maslahatlashuv mexanizmlarimiz qayta tiklanishi kerak, deb hisoblayman”,-dedi Turkiya prezidenti.

Erdo’g’an o’z navbatida Germaniya bilan Turkiya o’rtasidagi o’zaro savdo hajmi haqida gapirdi.

“2020-yilda 38 milliard dollar atrofida boʻlgan oʻzaro savdo hajmimiz 2021-yilda 41 milliard dollardan oshdi. Bu koʻrsatkichni 50 milliard dollarga yetkazishni maqsad qilyabmiz”,-deb aytgan Turkiya yetakchisi.

Germaniya kansleri Olaf Shols ham matbuot anjumanidagi ma’ruzasida Ukraina urushiga e’tibor qaratdi.

“Biz Rossiya-Ukraina urushida oʻt ochishni toʻxtatish xususida hamfikrmiz. Turkiyaning diplomatik yechimga qo’shgan hissalarini olqishlaymiz. Eng muhim masala – qurol ovozini tindirish. Qurol ovozini imkon qadar tezroq o'chirish kerak. Ukrainaning hududiy yaxlitligini himoya qilish juda muhim. Bo‘g‘ozlarning Montryo konvensiyasiga muvofiq yopilishi inqirozning kuchayishiga yo‘l qo‘ymadi”,-dedi Germaniya kansleri.

U shuningdek, Yevropa Ittifoqi va Turkiya o'rtasida energiya sohasida hamkorlikning juda muhim ekanligini so’zlariga qo’shimcha qildi.

 


Tanlangan kalimalar: #Erdo'g'an , #Olaf Shols , #Germaniya , #Turkiya

Aloqador xabarlar