Turkiya Ukrainadan yana 172 nafar fuqarosini evakuatsiya qildi

Mevlut Chavusho‘g‘lu Ukrainadan evakuatsiya qilingan turk fuqarolari haqida ma'lumot bo‘lishdi.

1795734
Turkiya Ukrainadan yana 172 nafar fuqarosini evakuatsiya qildi

Rossiya-Ukraina urushi yuzasidan kecha Ukrainadan yana 172 nafar turk fuqarosi evakuatsiya qilindi.

Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho‘g‘lu kecha Twitter sahifasi orqali mavzu haqida qoldirgan postida Kiyev, Lvov, Chernovtsi, Xarkov, Poltova, Bila Tserkva va Konotopdan yana 172 nafar turk fuqarosining yo‘lga chiqqanini ma’lum qildi.

Twitterdagi postida evakuatsiyalar bilan bog‘liq grafik ham bo‘lishgan Chavusho‘g‘lu,130 kishining poyezd orqali Bila Tserkva, Lvov va Chernovtsi; 42 kishining esa avtobus va mikroavtobuslar orqali Xarkov, Poltova va Konotopdan evakuatsiya qilinganini bildirdi.

Chavusho‘g‘lu,

“Biz evakuatsiya qilgan fuqarolarimiz soni 14 ming 824 nafarga yetdi. Oq yo‘l!”-degan ifodalarga orin berdi.

Kecha ham 63 kishining chegaradan o‘tishiga yordam berganliklariga e’tibor qaratgan Chavusho‘g‘lu, urush boshlaganidan beri jami 4 ming 933 kishining chegaradan o‘tishiga yordam berilganini o‘z so‘ziga ilova etdi.


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #Ukraina , #evakuatsiya

Aloqador xabarlar