Rossiya portlarida kutgan Turkiyaning 17 ta kemasi va nihoyat yo‘lga chiqdi

Rossiya portlarida kutgan Turkiyaning 18 ta kemasidan 17 tasi va nihoyat yo‘lga chiqdi.

1793879
Rossiya portlarida kutgan Turkiyaning 17 ta kemasi va nihoyat yo‘lga chiqdi

Rossiya portlarida Ukraina bilan urush boshlangan 24-fevraldan beri kutgan Turkiyaning 18 ta kemasidan 17 tasi va nihoyat yo‘lga chiqdi.

Transport va infratuzilma vazirligi Dengizchilik Bosh boshqarmasi tomonidan Twitter orqali mavzu haqida berilgan bayonotda, 24-fevraldan beri Azov dengizidagi rus portlarida kutgan Turkiyaning 18 ta kemasidan 17 tasining yoʻlga chiqqani, bir kemaning esa Temruk portida yuklash ishlari uchun kutib turgani bildirildi.

Bayonotda shuningdek, ba’zi kemalarning Kerchda kutayotgani va ob-havo sharoiti yaxshilanganida yo‘lga chiqishi qayd etildi.


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #kema , #Ukraina , #Rossiya portlari

Aloqador xabarlar