Erdoʻgʻan bilan Sandu Ukrainadagi oxirgi vaziyatni muhokama qildi

Prezident Erdoʻgʻan bilan Maia Sandu telefon orqali muloqot qildi.

1791561
Erdoʻgʻan bilan Sandu Ukrainadagi oxirgi vaziyatni muhokama qildi

Prezident Rejep Tayyip Erdoʻgʻan Moldova Prezidenti Maia Sandu bilan telefon orqali muloqot qildi.

Prezidentlik apparati Aloqalar boʻlimi yetakchiligi tomonidan mavzu haqida berilgan bayonotga koʻra ushbu muloqat chogʻida, Rossiyaning Ukrainaga qarshi 24-fevral kuni boshlatgan hujmi ustidan oxirgi vaziyatlar, insonparvarlik yordami va evakuatsiya masalalari muhokama qilingan.

Unda shuningdek, tinchlikni qayta tiklash uchun qoʻllaridan kelgan har qanday chorani koʻrganliklarini ifoda etgan Erdoʻgʻan, Ukraina va Rossiya Tashqi ishlar vazirlarining payshanba kuni Antaliya Diplomatik forumi doirasida Turkiya Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavushoʻgʻluning ham ishtirokida amalga oshiradigan uchrashuvning, tinchlik yoʻlida muhim darvozalarning ochilishiga yordam berishiga ishonchi komil ekanini qayd etdi.

 



Aloqador xabarlar