Turkiya vitse-prezidenti Qozog'istonga tashrif buyurdi

Oliy martabali mehmon tashrif doirasida Qozog'iston Bosh vaziri va Turkiya-Qozog'iston qo'shma Iqtisodiy Komissiyasi rahbari Alihan Ismailov bilan uchrashdi.

1789567
Turkiya vitse-prezidenti Qozog'istonga tashrif buyurdi

 

Turkiya vitse-prezidenti Fuat O'ktay kecha 3-mart kuni Qozog'istonga rasmiy ziyorat amalga oshirdi.

Oliy martabali mehmon tashrif doirasida Qozog'iston Bosh vaziri va Turkiya-Qozog'iston qo'shma Iqtisodiy Komissiyasi rahbari Alihan Ismailov bilan uchrashdi.

Uchrashuvda Turkiya-Qozog'iston munosabatlarining bugungi holati va istiqboldagi rejalar muhokama qilindi.

Qozog'iston Bosh vaziri Alihan Ismailov oliy martabali mehmonning mamlakatga tashrifi uchun minnatdorlik bildirdi. Ayni vaqtda, Fuat O'ktay ham unga ko'rsatilgan mehmondo‘stlik uchun Ismoilovga minnatdorlik bildirib, "Ota-bobolarimiz diyori, oltin vatanim Nur Sultonda ekanimdan behad baxtiyorman",-dedi.

Yetakchilar bugun, 4-mart kuni Turkiya-Qozog'iston Qo'shma Iqtisodiy Komissiyasining 12-yig'ilishida ishtirok etadi.

Eslatma: Fuat O'ktay kecha, 3-mart kuni Qozog'iston Bosh vaziri Alihan Ismoilovning taklifiga binoan Qozog'istonga jo'nab ketgandi.

 


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #Qozog‘iston , #Fuat O'ktay

Aloqador xabarlar