Turkiya va Senegal o’rtasida harbiy hamkorlik to'g'risida bitim imzolandi

Mazkur hujjatga Turkiya Milliy Mudofaa Vaziri Hulusi Akar va Senegal Qurolli Kuchlar vaziri Sidiki Kaba imzo chekdi.

1783451
Turkiya va Senegal o’rtasida harbiy hamkorlik to'g'risida bitim imzolandi

 

Turkiya bilan Senegal o’rtasida harbiy hamkorlik to'g'risida bitim imzolandi.

Mazkur hujjatga Turkiya Milliy Mudofaa Vaziri Hulusi Akar va Senegal Qurolli Kuchlar vaziri Sidiki Kaba imzo chekdi.

Turkiya Milliy Mudofaa Vazirligi tomonidan berilgan bayonotga ko'ra, kecha, 22-fevral kuni Turkiya Prezidenti Rajap Tayyip Erdo'g'anning Senegalga tashrifi chog'ida Turkiya Milliy Mudofaa Vaziri Hulusi Akar bilan Senegal Qurolli Kuchlar vaziri Sidiki Kaba o'rtasida uchrashuv o'tkazildi.

Uchrashuvda Turkiya-Senegal o'rtasida harbiy hamkorlik masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, mintaqaviy mudofaa va xavfsizlik masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Tomonlar uchrashuv yakunida Turkiya Respublikasi va Senegal Respublikasi o’rtasida harbiy hamkorlik to'g'risida bitimga imzo chekdi.


Tanlangan kalimalar: #Erdo'g'an , #Senegal , #Hulusi Akar , #Turkiya

Aloqador xabarlar