Ibrohim Kalin: “Rossiyaga qarshi sanksiyalar foydasiz”

Turkiya prezidenti matbuot kotibi Ibrohim Kalin Germaniyaning “Welt” gazetasiga bergan intervyusida, Rossiyaga qarshi sanksiyalarning foydasizligini, boshqa tomonning strategik manfaatlarini ham tinglash va tushunish yaxshiroq bo‘lishini aytdi.

1782801

Ibrohim Kalin Moskvaning NATO tomonidan tahdid ostida ekanini, Sovet Ittifoqi parchalanganidan keyin 30 yil o‘tib Rossiya prezidenti Vladimir Putin chegaralarni qayta chizib, strategik ittifoqlarni yangilashga harakat qilayotganini aytdi.

Kalinning so‘zlari, shanba kuni dunyoning eng yirik iqtisodiy kuchlaridan iborat G7 guruhining Rossiyani Ukraina chegarasidan qo‘shinlarini olib chiqib ketishga va inqirozga diplomatik yechim topishga chaqirishi ortidan yangradi.

Kanada, Fransiya, Germaniya, Italiya, Yaponiya, Buyuk Britaniya va AQSH tashqi ishlar vazirlarining Myunxendagi muzokaralari yakuni bo'yicha qo‘shma bayonotida: “Rossiya keskinlikni pasaytirib, o‘z majburiyatlarini bajarishi kerak”, deyiladi.

Agar, Rossiya Ukrainaning hududiy yaxlitligini buzsa, G7 guruhi unga qarshi jiddiy sanksiyalar qo‘llashga tayyor ekanligini ta’kidladilar.

G‘arb davlatlari Rossiyani Ukraina bilan chegarada 150 mingga yaqin askar to‘plaganlikda ayblab, Rossiya sobiq sovet qo‘shnisiga qarshi harbiy hujum rejalashtirayotgan bo‘lishi mumkinligidan xavotirda ekanligini ta’kidlashdi.

Moskva bir necha bor Ukrainaga bostirib kirish ayblovini rad etib, G‘arb davlatlarini NATOni Rossiya chegaralarigacha kengaytirib, mamlakat xavfsizligiga putur yetkazayotganlikda ayblagan.

Tanlangan kalimalar: #Rossiya , #Turkiya

Aloqador xabarlar