Turkiya parlamenti rahbari Mustafo Shento’p Gruziyaga tashrif buyurdi

Turkiya delegatsiyasi Tbilisi xalqaro aeroportida Gruziya parlamenti raisi o'rinbosari Giorgi Volksi va Gruziya-Turkiya parlamentlararo do'stlik guruhi rahbari Beka Odisaria tomonidan kutib olindi.

1782001
Turkiya parlamenti rahbari Mustafo Shento’p Gruziyaga tashrif buyurdi

 

Turkiya parlamenti rahbari Mustafo Shento’p boshchiligidagi delegatsiya bugun, 21-fevral kuni Gruziya poytaxti Tbilisiga tashrif buyurdi.

Turkiya delegatsiyasi Tbilisi xalqaro aeroportida Gruziya parlamenti raisi o'rinbosari Giorgi Volksi va Gruziya-Turkiya parlamentlararo do'stlik guruhi rahbari Beka Odisaria tomonidan kutib olindi.

Ma’lumotga ko’ra, Turkiya delegatsiyasi tashrif doirasida Gruziya parlamenti raisi Shalva Papuashvili va Bosh vazir Irakliy Garibashvili bilan uchrashadi.

Uchrashuv va muzokaralarda oliy darajada erishilgan kelishuvlar ijrosi ustidan parlament nazoratini kuchaytirish masalalari ko‘rib chiqiladi. Bundan tashqari, parlamentlararo muloqotni rivojlantirish mamlakatlar hamkorligini amaliy mazmun bilan boyitish, yangi dastur va loyihalarni ilgari surishga xizmat qilishi qayd etiladi. 

Shuningdek, parlamentlararo aloqalarni faollashtirish hamda samarali islohot va yangilanishlarni amalga oshirish borasidagi tajribani chuqur o‘rganish maqsadida qo‘shma tadbirlar o‘tkazish bo’yicha yangi rejalar belgilanadi.

Turkiya parlamenti rahbari Mustafo Shento’p shuningdek, Gruziya prezidenti Salome Zurabishvili tomonidan ham qabul qilinadi.


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #Gruziya , #Mustafo Shento'p

Aloqador xabarlar