1915 Chanoqqal’a ko‘prigi 18-mart kuni xizmatga ochiladi

Dunyoning eng katta oʻrta masofali osma koʻprigi unvoniga ega «1915 yil Chanoqqal’a koʻprigi» tamomlandi.

1781792
1915 Chanoqqal’a ko‘prigi 18-mart kuni xizmatga ochiladi

Osiyo va Yevropa qit’alarini birlashtirgan, «1915 Chanoqqal’a ko‘prigi», 18-mart kuni xizmatga ochiladi.

Prezident Rejep Tayyip Erdo‘g‘on Twitter’dagi sahifasida mavzu haqida:

“Rejalashtirganimizdan bir yarim yil oldin tamomlangan, jadal ravishda xalqimiz xizmatiga taqdim etish maqsadida 26-fevral kuni xizmatga tushirishni rejalashtirgan «1915 Chanoqqal’a ko‘prigi»ni, yurttoshlarimizning iltimosiga binoan Chanoqqal’a g‘alabasining 107-yilligida, 18-mart kuni amalga oshirish haqida qaror qabul qildik”.-dedi.

Poydevori 2017-yilning 18-marti kuni qoʻyilgan va dunyoning eng katta oʻrta masofali osma koʻprigi unvoniga ega «1915 yil Chanoqqal’a koʻprigi» ranglari, shakli va boshqa xususiyatlari bilan “ramzlar koʻprigi” degan nom bilan ham tanilmoqda.

Koʻprikning ikki oyoq uzunligi Turkiya Respublikasi tashkil topishining 100-yilligi munosabati bilan 2023 metr olaroq dizayn qilingandi.

Koʻprikning minora aloqalari va unsurlari, Turkiya bayrogʻiga bagʻishlanib qizil va oq rangda qilingan. Har ikki tomondagi minoralarning yuqori qismi Seyit Oʻnboshining Chanoqqal’a urushida stvolga bergan zambarak oʻqi aks ettirilgan shaklda inshoo etildi.

Chanoqqal’a boʻgʻozining ilk osma koʻprigining uzunligi 4 ming 608 metr.

 

 



Aloqador xabarlar