TQKning terrorizmga qarshi kurashi davom etmoqda

Turk Qurolli kuchlarining (TQK) terrorga qarshi kurashi mamlakatda bo‘lganidek qo‘shni davlatlarda ham uzluksiz davom etmoqda.

1780251
TQKning terrorizmga qarshi kurashi davom etmoqda

Suriya shimolidagi “Firot qalqoni” amaliyoti olib borilgan hududga qarsh hujum qilishga tayyorgarlik koʻrayotgan PKK/YPG terror tashkilotiga a’zo 9 nafar terrorist yoʻq qilindi.

Milliy Mudofaa vazirligining Twitter sahifasida mavzu haqida berilgan bayonotda:

“Hujum uchun tayyorgarlik koʻrayotgan terroristlarni inlarida yoʻq qilishni davom etyapmiz. Firot qalqoni amaliyoti olib borilgan hududga qarshi hujum tashbbusida ekani aniqlangan 9 nafar PKK /YPG a’zosi, qahramon qoʻmondonlarimiz tomonidan yoʻq qilindi”.-deyildi.



Aloqador xabarlar