Chavusho‘g‘lu koronavirusga chalinganini ma’lum qildi

Tashqi ishlar vaziri Mavlut Chavusho‘g‘lu koronavirusga chalinganini ma’lum qildi.

1779941
Chavusho‘g‘lu koronavirusga chalinganini ma’lum qildi

Tashqi ishlar vaziri Mavlut Chavusho‘g‘lu yangi turdagi koronavirusga (Covid-19) chalinganini ma’lum qildi.

Chavusho‘g‘lu mavzu haqida o‘zining Twitterdagi sahifasida, kecha (16.02.2022) topshirgan Covid-19 testining ijobiy natija berganini qayd etdi.

Xastalikni yengil kechirayotganini ham ifoda etgan Chavusho‘g‘lu:

“Faoliyatimni to‘xtatmay uni uydan davom etaman. Olloxim barcha bemorlarga shifo bersin”.-dedi.



Aloqador xabarlar