BAAda diqqatga sazovor ob'yektlar Turkiya bayrog‘i bilan bezatildi

Dubaydagi Burj Al-Xalifaga Turkiya bayrog‘i o‘rnatilib, Davlat madhiyasi yangradi. Shuningdek, osmono‘par binoda turk tilida “Xush kelibsiz”, ingliz va arab tillarida “BAA va Turkiya strategik munosabatlari” degan so'zlar aks ettirildi.

1778812
BAAda diqqatga sazovor ob'yektlar Turkiya bayrog‘i bilan bezatildi

 

Turkiya prezidenti Rajab Tayyip Erdo‘g‘anning Birlashgan Arab Amirliklariga tashrifi sharafiga dunyoning eng baland binosi hisoblangan Dubaydagi Burj Al-Xalifa hamda boshqa diqqatga sazovor ob'yektlar Turkiya bayrog‘i ranglariga burkandi.

Abu Dabi amirlik saroyi va prezident Erdo'g’anga ajratilgan "Emirates Palace" ham Turkiya bayrog’ining qizil va oq ranglari bilan yoritildi.

Avvalgi kun dunyodagi eng baland osmono‘par bino Dubaydagi Burj Al-Xalifaga Turkiya bayrog‘i o‘rnatilib, Davlat madhiyasi yangradi. Shuningdek, osmono‘par binoda turk tilida “Xush kelibsiz”, ingliz va arab tillarida “BAA va Turkiya strategik munosabatlari” degan so'zlar aks ettirildi.

Ijtimoiy tarmoqlarda Turkiya bayrog'iga burkangan Burj Al-Xalifaning suratlari keng tarqaldi. 

 


Tanlangan kalimalar: #Erdo'g'an , #BAA , #Turkiya

Aloqador xabarlar