Livan bosh vaziri Nejip Mikati Turkiyaga tashrif buyurdi

Turkiya Prezidenti Rajap Tayyip Erdo'g’an oliy martabali mehmonni prezident saroyida qabul qiladi.

1771798
Livan bosh vaziri Nejip Mikati Turkiyaga tashrif buyurdi

 

Livan Bosh vaziri Nejip Mikati bugun, 1-fevral kuni davlat tashrifi bilan Turkiyaga keldi.

Turkiya Prezidenti Rajap Tayyip Erdo'g’an oliy martabali mehmonni prezident saroyida qabul qiladi.

Erdo'g’an va Livan Bosh vaziri Nejip Mikati prezident saroyida bo'lib o'tadigan delegatsiyalar o’rtasidagi muzokaralarga raislik qiladi.

So'ngra, Erdo'g'an va Mikati ishtirokida qo'shma matbuot anjumani o’tkaziladi.

Uchrashuv va muzokaralarda Sharqiy O'rta yer dengizi va Yaqin Sharqdagi hodisalar kabi dolzarb, mintaqaviy va xalqaro muammolar hamda ikki tomonlama munosabatlarning muhokama qilinishi ko'zda tutilgan.


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #Livan

Aloqador xabarlar