Ozarbayjon Mudofaa vaziri Zokir Hasanov Turkiyaga tashrif buyurdi

Turkiya Milliy mudofaa vaziri Hulusi Akar bugun, rasmiy tashrif bilan Anqarada bo'lib turgan Ozarbayjon Mudofaa vaziri general Zokir Hasanovni Milliy Mudofaa Vazirligi qarorgohida harbiy marosim bilan kutib oldi.

1771791
Ozarbayjon Mudofaa vaziri Zokir Hasanov Turkiyaga tashrif buyurdi

 

Turkiya Milliy mudofaa vaziri Hulusi Akar bugun, rasmiy tashrif bilan Anqarada bo'lib turgan Ozarbayjon Mudofaa vaziri general Zokir Hasanov bilan uchrashdi.

Hulusi Akar Ozarbayjon Mudofaa vaziri Hasanovni Milliy Mudofaa Vazirligida harbiy marosim bilan kutib oldi.

Hasanov Turkiya Milliy mudofaa vazirligining xotira daftariga o'z dil izxorini yozib, imzo chekdi.

So'ngra, vazirlarning tor doiradagi o'zaro uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Shuningdek, Hulusi Akar  va Zokir Hasanov ikki davlat delegatsiyalari o‘rtasidagi muzokaralarga raislik qildi.

Ta'kidlanishicha, uchrashuv va muzokaralarda ikki tomonlama hamkorlik aloqalari va mintaqaviy mudofaa va xavfsizlik masalalari hamda mudofaa sanoati sohasidagi hamkorlik masalalari muhokama qilingan.

 


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #Zokir Hasanov , #Ozarbayjon

Aloqador xabarlar