Erdo'g’an Eron prezidenti Ibrohim Raisiy bilan muloqot qildi
Muloqotda Turkiya va Eron o'rtasidagi ko'p qirrali munosabatlarning bugungi holati va istiqbollari muhokama qilindi. Shuningdek, ahamiyatga molik mintaqaviy va xalqaro mavzular bo'yicha fikr almashildi.
Turkiya Prezidenti Rajap Tayyip Erdo'g’an Eron prezidenti Ibrohim Raisiy bilan telefon orqali muloqot qildi.
Prezident Administratsiyasi huzuridagi Axborot va Ommaviy kommunikatsiyalar departamenti ma'lum qilishicha, muloqotda Turkiya va Eron o'rtasidagi ko'p qirrali munosabatlarning bugungi holati va istiqbollari muhokama qilindi. Shuningdek, ahamiyatga molik mintaqaviy va xalqaro mavzular bo'yicha fikr almashildi.
Prezident Erdo'g’an suhbat davomida, eng qisqa vaqt ichida Tehronda bo’lib o’tadigan Oliy Darajali Hamkorlik Kengashi yig’ilishi va bu doirada imzolanishi mumkin bo’lgan kelishuvlar bo'yicha muzokaralar davom etayotganini bildirdi.
Boshqa tomondan, Kavkazda tinchlik va barqarorlik hukm surishi uchun sa'y-harakatlar davom etayotgani qayd etildi.
Prezident Erdo'g'an Turkiya sifatida Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev bilan birgalikda ishlab chiqilgan 3+3 platformasining navbatdagi yig'ilishiga mezbonlik qilish istagini ma'lum qildi.
Aloqador xabarlar
Numan Kurtulmush rasmiy tashrif bilan Rossiyada
Numan Kurtulmush, «Yunus Emre» institutni «muhim madaniy diplomatiya markazi» deb baholadi.
Yashar Guler Abdusalom Zubiyni qabul qildi
Abdusalom Zubiy, chet elga boʻlgan ilk tashrifini Turkiyaga uyushtirdi.