Erdo‘g‘an Rossiya va Ukraina prezidentlarini Turkiyaga taklif qildi

Bu haqda Turkiya prezidenti matbuot kotibi Ibrohim Kalinga asoslanib Anado‘lu axborot agentligi ma'lum qildi.

1765471
Erdo‘g‘an Rossiya va Ukraina prezidentlarini Turkiyaga taklif qildi

 

Turkiya prezidenti Rajab Tayyip Erdo‘g‘an Rossiya prezidenti Vladimir Putin hamda Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyni Turkiyada o‘zaro gaplashib olishga taklif qilgan. Bu haqda Turkiya prezidenti matbuot kotibi Ibrohim Kalinga asoslanib Anado‘lu axborot agentligi ma'lum qildi.

Turkiya prezidenti matbuot kotibi "Rossiya hamda Ukraina o‘rtasidagi harbiy to‘qnashuvning Yevropa va NATOga ta’siri" mavzusida o‘tgan onlayn muloqot davomida bu mavzuga to‘xtalgan. Uning aytishicha, Erdo‘g‘an bu borada Putin va Zelenskiy bilan muloqot o‘tkazgan.

"Turkiya prezidenti Rossiya va Ukraina yetakchilarini keskinlikni yumshatish uchun Turkiyaga taklif qildi. Anqara Rossiya va Ukrainaga do‘st davlat sifatida ular orasida harbiy to‘qnashuvlar bo‘lmasligi uchun har qanday harakatga tayyor", deb Ibrohim Kalinning so‘zlarini keltirgan Anado‘lu axborot agentligi.

Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi harbiy to‘qnashuvlar yaxshi oqibatlarga olib kelmasligini ta’kidlagan Turkiya prezidenti matbuot kotibi Erdo‘g‘an yaqin haftalarda Ukrainaga borishini ham ma’lum qildi.

Oldinroq, Erdo‘g‘an Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirish ehtimoli past ekanini aytgandi.



Aloqador xabarlar