Erdoʻgʻan: Turkiya pandemiya davrida iqtisodiy jihatdan eng tez tiklangan davlat boʻldi
Prezident Erdoʻgʻan, yilning birinchi Vazirlar kengashi yigʻilishi ortidan bayonot berdi.

Prezident Rejep Tayyip Erdoʻgʻan Turkiyaning pandemiya davrida G-20 tarkibidagi davlatlar ichida iqtisodiy jihatdan eng tez tiklangan davlat ekanini qayd etdi.
Yilning birinchi Vazirlar kengashi yigʻilishi ortidan bayonot bergan Erdoʻgʻan, dunyoning pandemiyaga qaramay Turkiya oʻrnini yuqori baholaganini belgilab oʻtgan holda:
“Turkiyani sogʻlikni saqlash sohasidagi inqirozidan ijobiy tusda qutqarib qolishga muvaffaq boʻldik”.-dedi.
Pandemiyaning iqtisodiyotlar ustidagi bosimi ortib borayotganiga qaramay Turkiyaning oʻtgan yili eksportda rekord oʻrnatganini, 20 yil oldin 88 milliard dollarga chiqmagan tashqi savdo hajmining esa bugungi kunga kelib 500 milliard dollarga yetib qolganini yodga solgan Prezident:
“Pandemiya davrida G-20 tarkibidagi davlatlar ichida iqtisodiy jihatdan eng tez tiklangan davlat boʻldik. Turkiya 2021-yili iqtisodiyotda sarmoya, bandlik, ishlab chiqarish, iqtisodiyotdagi joriy muvozanatga qaratilgan oʻsishni boshdan kechirdi. Bu yoʻlda ikki xonali sonlarga erishamiz degan umiddaman”.-deya gapirdi.
2021-yil yillik inflyatsiyaning 36,08 foiz ekanini ifoda etgan Erdoʻgʻan:
“Mamlakatimizda 6 foizgacha tushgan inflyatsiyaning boʻynini bukib, uni imkon qadar tezroq bir xonali raqamlarga qaytarishga qaror qildik”.-dedi.
Aloqador xabarlar

Erdo‘g‘an: Turkiya Ozarbayjonni chin dildan qo‘llab – quvvatlaydi
Prezident Erdo‘g‘an bilan lhom Aliyev telefon orqali muloqot qildi.

Hakan Fidan Ylva Johansson bilan uchrashdi
Tashqi Ishlar vaziri Hakan Fidan Ylva Johansson bilan uchrashdi.