Erdoʻgʻan: “Eksportdagi ortish, toʻgʻri yoʻlda ekanligimizdan dalolat beradi”.

Prezident, Adolat va taraqqiyot partiyasi (AK Partiya) raisi Erdoʻgʻan, partiyasining qarorgohida boʻlib oʻtgan kengaytirilgan viloyat rahbarlari yigʻilishida nutq soʻzladi.

1757023
Erdoʻgʻan: “Eksportdagi ortish, toʻgʻri yoʻlda ekanligimizdan dalolat beradi”.

Prezident Rejep Tayyip Erdoʻgʻan, Turkiyaning eksport boʻyicha 2021-yilni 225 milliard dollardan ortiq raqam bilan tamomlagani va buning toʻgʻri yoʻlda ekanliklaridan dalolat berishini qayd etdi.

Prezident, Adolat va taraqqiyot partiyasi (AK Partiya) raisi Erdoʻgʻan, partiyasining qarorgohida boʻlib oʻtgan kengaytirilgan viloyat rahbarlari yigʻilishida nutq soʻzladi.

Oʻz nutqida, 2021-yilda eksportdagi rekord oʻsishga toʻxtalgan Erdoʻgʻan:

“2021-yilni 225 milliard dollardan ortiq raqam bilan tamomlashimiz, toʻgʻri yoʻlda ekanligimizdan dalolat beradi”.-dedi.

Erdoʻgʻan, Turkiyaning bu muvaffaqiyat orqali barcha mazlum va jabrdiydalarga oʻz irodalari va sa’y-harakati yordamida haq-huquq va erkinliklariga eng yuqori standartlarda erisha olishlari va rivojlanish harakatlaridan natija olishlari mumkunligini koʻrsatganini qayd etdi.

Bugungi kunda judayam katta loyiha boshlatib yuborganliklarini taʻkidlagan Erdoʻgʻan:

“Bundan buyon Turkiyani dunyoning eng yirik 10 iqtisodidan biriga aylantirish uchun qadam tashlayapmiz”.-deya gapirdi.

E’lon qilgan yangi iqtisodiy dasturda, bandlikni birinchi oʻringa qoʻyganliklarini ham bildirgan Erdoʻgʻan:

“Biz eng kam ish haqi miqdoridan tortib, davlat xizmatchilari va pensiyalarni oshirishgacha bo‘lgan har bir masalada bu tushunchani kuzatdik va amalga oshirdik. Umid qilamanki, eng ogʻir kunlarni ortda qoldirdik. Bundan buyon sa’y-harakatlarimiz samarasini ko‘rish, xalqimizga, maqsadlarimiz tomon birma-bir yaqinlashayotganimizni ko‘rsatish vaqti keldi”.-degan ifodalarga oʻrin berdi.

 



Aloqador xabarlar