Turk hududiy suvlariga qaytarilgan muhojirlar qutqarildi

Gretsiya unsurlari tomonidan Turk hududiy suvlariga qaytarilgan noqonuniy muhojirlar qutqarildi.

1750947
Turk hududiy suvlariga qaytarilgan muhojirlar qutqarildi

Turkiyaning Izmir viloyatiga qarashli Cheshme va Dikili tumanlaridagi dengiz qirg‘og‘idan uzoq nuqtada, Gretsiya unsurlari tomonidan dengizda chorasiz qoldirilgan va Turk hududiy suvlariga qaytarilgan noqonuniy 137 nafar muhojir qutqarildi.

Mug‘laning Ko‘yjegiz tumanida ham baliqchining yordamchi kemasidagi 100 nafar noqonuniy muhojir quruqlikka olib chiqildi. Ushbu muhojirlarni mana shunday sharoitda safarga chiqishini uyushtirgani iddio etilgan shaxs esa qo‘lga tushdi.

Noqonuniy muhojirlar, kerakli protsedura ortidan viloyatdagi migratsiya idorasiga topshirildi.



Aloqador xabarlar