Sulaymon So'ylu:"2021-yilda 156ta terrorchilik harakatini oldini oldik"
Turkiya ichki ishlar vaziri Sulaymon So'ylu 2016 yildan buyon katta shaharlarda terrorchilik harakatlari sodir etilmaganligini ma'lum qildi.
Turkiya ichki ishlar vaziri Sulaymon So'ylu 2016 yildan buyon katta shaharlarda terrorchilik harakatlari sodir etilmaganligini ma'lum qildi.
Sulaymon So'ylu bu haqda poytaxt Anqaradagi 2021 yilni sarhisob qilish bo'yicha viloyat politsiya boshqarmalari rahbarlari ishtirokida o'tkazilgan majlisda ma'lum qildi.
"2021-yilda 156ta terrorchilik harakatini oldini oldik",-deb aytgan Turkiya ichki ishlar vaziri.
Sulaymon So'ylu terrorizmga qarshi kurash haqida gapirar ekan, shunday dedi:
"Shukurlar bo'lsinki, 2016-yilning 31-dekabr kunidan buyon shaharlarimizda hech qanday terror hodisasi sodir boʻlmadi, hatto PKKning qishloqdagi harakati oxirgi 6 yilda 95 foizga kamaydi”,-dedi.
“Biz 2017-yilda barcha terroristik tashkilotlardan 697 ta muhim voqeani oldini oldik. Bu raqam har yili kamaydi va 2021 yilda 156 taga pasaydi. Boshqacha qilib aytganda, sodir bo'lgan harakatlar soni ham kamaydi, oldi olingan terrorchilik harakatlari soni ham kamaydi. Bu - terrorizmga qarshi kurashda erishgan muvaffaqiyatimizning yaqqol ifodasidir”, dedi u.
Aloqador xabarlar
Tashqi ishlar vaziri Hakan Fidan, Bryusselda uchrashuvlarini davom ettirmoqda
Tashqi ishlar vaziri Hakan Fidan, Belgiyaning poytaxti Bryusselda uchrashuvlarini davom ettirmoqda.