Pokistonda Turkiya va Ozarbayjon TIV rahbarlari uchrashuvi bo'lib o'tdi
Uchrashuvda Kavkazdagi o'zgarishlar hamda Turkiya va Armaniston munosabatlarini yaxshilashga qaratilgan sa’y-harakatlar ko’zdan kechirildi.
Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho’g’li Pokistonda Islom hamkorlik tashkiloti Tashqi ishlar vazirlari kengashining 17-Favqulodda yig’ilishi doirasida Ozarbayjon tashqi ishlar vaziri Jayhun Bayramov bilan uchrashdi.
Uchrashuvda ko‘p qirrali Turkiya-Ozarbayjon strategik sherikligining bugungi holati va istiqbollari muhokama qilindi.
Shuningdek, Turkiya va Armaniston munosabatlarini yaxshilashga qaratilgan sa’y-harakatlar ko’zdan kechirildi.
Bundan tashqari, IHT va boshqa xalqaro tuzilmalar doirasidagi hamkorlik masalasiga alohida e’tibor qaratildi.
Turli darajadagi bo‘lajak muloqotlar jadvali ko‘rib chiqildi.
Mavlud Chavusho’g’li Twitter’dagi rasmiy sahifasida,
"Islomobodda bo’lib o’tayotgan Islom Hamkorlik Tashkiloti yig'ilishi doirasida Ozarbayjon Tashqi ishlar vaziri Jayhun Bayramov bilan uchrashib, Kavkazdagi o'zgarishlarni muhokama qildik. Mintaqamizdagi normallashuvning har bir bosqichida birgalikda harakat qilishda davom etamiz",- degan ifodalarga o’rin berdi.
Aloqador xabarlar
Numan Kurtulmush rasmiy tashrif bilan Rossiyada
Numan Kurtulmush, «Yunus Emre» institutni «muhim madaniy diplomatiya markazi» deb baholadi.
Yashar Guler Abdusalom Zubiyni qabul qildi
Abdusalom Zubiy, chet elga boʻlgan ilk tashrifini Turkiyaga uyushtirdi.