Turkiya hukumati sobiq elchi Serdar Kilichni Armanistonga maxsus vakil etib tayinladi

Turkiya Tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho’g’li Turkiyaning Vashingtondagi sobiq elchisi Serdar Kilich Armanistonga maxsus vakil etib tayinlanishini ma’lum qildi.

1748374
Turkiya hukumati sobiq elchi Serdar Kilichni Armanistonga maxsus vakil etib tayinladi

 

Turkiya Tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho’g’li Turkiyaning Vashingtondagi sobiq elchisi Serdar Kilich Armanistonga maxsus vakil etib tayinlanishini ma’lum qildi.

Chavusho’g’li Birlashgan Arab Amirliklariga tashrifi chog’ida kun tartibdagi mavzular bo’yicha matbuotga bayonot berdi.

Erdo’g'anning BAAga tashrifi bilan bog'liq tayyorgarliklar davom etayotganligini ta’kidlagan Chavusho'g'li: "Prezidentimizning 14-15 fevral kunlari BAAga tashrifini rejalashtiryabmiz. 15 fevralda “Expo 2020” yarmarkasi doirasida “Turkiya milliy kuni” tadbirini tashkil qilishni rejalashtirganmiz. Biz bugun bu xususda tegishli vakillar bilan maslahatlashdik”,-dedi.

Mavlud Chavusho’g’li Armaniston bilan munosabatlarni qayta tiklash doirasida o’zaro ijobiy bayonotlar berilganiga diqqat qaratdi.

"Har bir masalada Ozarbayjon bilan maslahatlashib, qadamlar tashlayapmiz. Ozarbayjondan mustaqil, alohida harakat qilishimizni hech kim kutmasin. Biz bir millat, ikki davlatmiz. Bular barchamizga foyda keltiradigan ijobiy sa’y-harakatlar",- dedi Turkiya TIV rahbari.

Ishonch hosil qiluvchi qadamlar tashlash kerakligiga e’tibor qaratgan Mavlud Chavusho’g’li:

"Biz bir tomondan Ozarbayjon va Armaniston o'rtasidagi o’zaro ishonchni o’rnatishga harakat qilyabmiz. Boshqa tomondan, Ozarbayjon va Armaniston o'rtasidagi ishonchni mustahkamlovchi qadamlarga parallel ravishda faoliyat yuritishda samara borligini guvohi bo’ldik. Prezidentimizning roziligi bilan Vashingtondagi sobiq elchimiz Serdar Kilichni maxsus vakil qilib tayinlaymiz”,-degan ifodalarga o’rin berdi.


Tanlangan kalimalar: #Armaniston , #Turkiya , #Serdar Kilich

Aloqador xabarlar