Mavlud Chavusho’g’li BAA TIV rahbari Al-Nahayon bilan uchrashdi

Samarali uchrashuv va muzokaralardan so’ng, Turkiya Tashqi ishlar vazirligi qoshidagi Diplomatiya akademiyasi hamda BAAning Anvar Gargash diplomatiya akademiyasi oʻrtasida oʻzaro anglashuv memorandumi imzolandi.

1748302
Mavlud Chavusho’g’li BAA TIV rahbari Al-Nahayon bilan uchrashdi

 

Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho’g’li BAAga rasmiy tashrif chog’ida mamlakat tashqi ishlar vaziri Abdulloh bin Zoyid Al-Nahayon bilan uchrashdi.

Uchrashuvda Turkiya va BAA o’rtasidagi munosabatlarning bugungi holati va istiqbollari muhokama qilindi. Shuningdek, xalqaro va mintaqaviy masalalar yuzasidan fikr almashildi.

Samarali uchrashuv va muzokaralardan so’ng, Turkiya Tashqi ishlar vazirligi qoshidagi Diplomatiya akademiyasi hamda BAAning Anvar Gargash diplomatiya akademiyasi oʻrtasida oʻzaro anglashuv memorandumi imzolandi.

Hujjatlarni imzolash marosimidan so'ng Abdulloh bin Zoyid Al-Nahayon shaxsiy mashinasida Mavlud Chavusho’g’li bilan birga uning sharafiga beriladigan ziyofatga yo’l oldilar.

Avvalroq, Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho’g’li BAA davlat rahbari o’rinbosari, bosh vaziri va Dubay amiri Shayh Muhammad bin Rashid Al-Maktum hamda Abu Dabi valiahd shahzodasi Shayh Muhammad bin Zoyid Al-Nahayon tomonidan qabul qilingandi.

Tashqi ishlar vazirligi manbalarining xabar berishicha, uchrashuv chog'ida mintaqaviy o'zgarishlar bo'yicha fikr almashilgan.

Eslatish joizki, Abu Dabi valiahd shahzodasi Al-Nahayon 24-noyabr kuni Turkiyaga tashrif buyurib, Prezident Rajab Tayyip Erdo‘g‘an bilan uchrashgandi.

Ikki tomonlama ziyoratlar ortidan Prezident Erdo’g'anning fevral oyida BAAga tashrif buyurishi rejalangan.


Tanlangan kalimalar: #Mavlud Chavusho'g’li , #BAA , #Turkiya

Aloqador xabarlar