Mavlud Chavusho‘g‘li:"Yerevanga charter reyslarini boshlaymiz”
Turkiya va Armaniston o’zaro munosabatlarni yaxshilashga kelishib oldi. Bu haqda Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho‘g‘li ma’lum qildi.
Turkiya va Armaniston o’zaro munosabatlarni yaxshilashga kelishib oldi. Dastlab ikki mamlakat o’rtasida charter aviaqatnovlari tiklanadi.
Bu haqda Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho‘g‘li ma’lum qildi.
“Biz Armaniston poytaxti Yerevanga charter reyslarini boshlaymiz”,-deydi Mavlud Chavusho‘g‘li.
Vazirning so‘zlariga ko‘ra, tomonlar o‘zaro munosabatlarni yaxshilash jarayoni uchun vakillar tayinlashni ko‘zda tutmoqda.
Chavusho‘g‘li Turkiya Armaniston yo‘nalishidagi barcha qadamlarini Ozarbayjon bilan muhokama qilishini ta’kidladi.
Kavkazda Ozarbayjon bilan mintaqaviy tinchlik va farovonlikni o'rnatish uchun jadal diplomatik faoliyat olib borilayotganini ta’kidlagan Chavusho'g'li:
"Biz Ozarbayjon bilan ham maslahatlashdik, tez orada Armaniston bilan aloqalarni normallashtirish uchun o'zaro maxsus vakillarni tayinlaymiz va har qadamda Ozarbayjon bilan birga harakat qilamiz. Shuningdek, kelgusi davrda Yerevan va Istanbul o'rtasida charter reyslarini boshlaymiz",-dedi.
Eslatish joizki, Armaniston va Turkiya o‘rtasidagi chegaralar 1993 yilda yopilgandi.
Aloqador xabarlar
Numan Kurtulmush rasmiy tashrif bilan Rossiyada
Numan Kurtulmush, «Yunus Emre» institutni «muhim madaniy diplomatiya markazi» deb baholadi.
Yashar Guler Abdusalom Zubiyni qabul qildi
Abdusalom Zubiy, chet elga boʻlgan ilk tashrifini Turkiyaga uyushtirdi.