Turkiya Sharqiy Quddus va Al-Aqsaga boʻlgan munosabatini davom ettiradi

Turkiya Sharqiy Quddusning maqomi va Al-Aqsa jome' masjidiga boʻlgan munosabatini davom ettiradi.

1745712
Turkiya Sharqiy Quddus va Al-Aqsaga boʻlgan munosabatini davom ettiradi

Prezident Rejep Tayyip Erdoʻgʻan Turkiyaning Sharqiy Quddusning maqomi va Al-Aqsa jome’ masjidining muqaddasligiga boʻlgan nozik munosabatini qarorlilik bilan davom ettirishini qayd etdi.

Istanbuldagi Dolmabahche saroyida uyushtirilgan Islom Hamkorlik tashkiloti Parlamentlar ittifoqining navbatdagi konferentsiyasining ochilish marosimida nutq so‘zlagan Prezident Erdo‘g‘an, Quddus masalasining faqatgina bir hovuch jasur musulmonlarning emas, butun islom olamining kurashi ekanini qayd etdi.

Falastinda yakkalashning kundan-kunga ortib borayotgani, Gʻazoga qarshi qonunsiz va vijdonsiz ravishda blokadalarning davom etayotganini yodga solgan Erdoʻgʻan, Ikkinchi Jahon urushi davridagi yevropalik yahudiylarga qarshi qoʻl urilgan genotsid badalini bugun falastinliklarga toʻlatishning nohaqlik ekanini ta’kidladi.

Erdoʻgʻan,

“Quddusni 400 yil adolat bilan boshqargan ajdodlarning avlodlari sifatida Falastinda qon, koʻz yoshlari va zulmni koʻrishni istamaymiz”.-deya gapirdi.

Turkiyaning Sharqiy Quddusning maqomi va Al-Aqsa jome’ masjidining muqaddasligiga boʻlgan nozik munosabatini qarorlilik bilan davom ettirishini ta’kidlagan Erdoʻgʻan:

“(Butunlay tinchlik va barqarorlik) Buning yoʻli 1967-yil chegaralarida, poytaxti Quddus boʻlgan mustaqil, suveren, hududiy yaxlitlikka ega Falastin davlatining barpo etilishidir”.-degan ifodalarg aoʻrin berdi.

Kelgusi davrda mintaqada tinchlik muhitining kuchayishi, birgalikda tashlanadigan shaxdam qadamlarga bogʻliq ekanini qayd etgan Erdoʻgʻan:

“Birlik va hamjihatlikda harakat qilishimiz va Falastin masalasini zaiflashtiradigan har qanday harakatdan qochishimiz kerak. Falastin masalasini dunyo kun tartibida munosib oʻringa olib chiqish va muammoni adolatli ravishda hal qilish uchun faoliyatimizni davom ettirishimiz zarur”.-dedi.

Prezident Afg‘onistonda ham butunlay tinchlik va barqarorlikka erishishda mushtarak tilaklari borligini ta’kidlagan holda, ayniqsa, hozirgi og‘ir qish sharoitida afg‘onistonlik birodarlarimizga insonparvarlik yordami yetkazib berishni davom ettirishning ustuvor vazifa ekanini ta’kidladi.

Erdoʻgʻan:

Afg‘onistonning takror tartibsizlik va moʻjaroga surilmasligi uchun kerakli choralar koʻrishni davom ettirmoqdamiz”, - dedi.

 



Aloqador xabarlar