Turkiya Ozarbayjonga ta'ziya izhor etdi

Ozarbayjonda Davlat chegara xizmatiga oid harbiy vertolyot, mahalliy vaqt bilan soat 10:40 atrofida Xizi viloyatidagi Qorahaybat o‘quv-mashq maydonida halokatga uchradi.

1740843
Turkiya Ozarbayjonga ta'ziya izhor etdi

Turkiya Ozarbayjondagi Qorahaybat o‘quv-mashq hududida halokatga uchragan harbiy vertolyotda shahid bo‘lganlar uchun ta’ziya izhor etdi.

Tashqi ishlar vazirligi tomonidan mavzu haqida yozma ravishda berilgan bayonotda, Ozarbayjonning Xizi tumanidagi Qorahaybat maydonida mashq o‘tkazayotgan harbiy vertolyotning qulagani, unda shahidlar va tan jarohati olganlarning borligi haqidagi xabarning chuqur qaygʻu bilan olingani qayd etildi.

Bayonotda Turkiyaning shahidlarga rahmat, tan jarohati olganlarga shifo tilagani bildirildi.

Milliy Mudofaa vazirligi esa Twitter sahifasida mavzu haqida bergan bayonotida:

“Qardosh Ozarbayjonda Davlat chegara xizmatlariga tegishli vertolyotning qulagani haqidagi xabarni chuqur qayg‘u bilan oldik. Ushbu fojiali voqeada halok bo‘lgan shahidlarimizga Ollohdan rahmat, yaradorlarimizga shifo tilaymiz. Barcha ozarbayjonlik birodarlarimizga esa hamdardlik bildirib, sabir tilaymiz”,-deyildi.

Eslatib o‘tamiz:

Ozarbayjonda Davlat chegara xizmatiga oid harbiy vertolyot, mahalliy vaqt bilan soat 10:40 atrofida Xizi viloyatidagi Qorahaybat o‘quv-mashq maydonida halokatga uchradi.

 

 

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #Ozarbayjon , #harbiy vertolyot

Aloqador xabarlar