Erdo'g'an Shimoliy Makedoniya hukumati va xalqiga hamdardlik bildirdi

"Istanbuldan Skopyega avtobusda ketayotgan Shimoliy Makedoniyalik birodarlarimiz Bolgariyada fojiali YTH hodisasiga uchraganidan chuqur qayg‘udaman",-deb yozadi Erdo'g'an ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida.

1738380
Erdo'g'an Shimoliy Makedoniya hukumati va xalqiga hamdardlik bildirdi

 

Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo'g'an Bolgariyada sodir bo'lgan avtobus halokatida ko'plab insonlarning halok bo'lganligi munosabati bilan Shimoliy Makedoniya hukumati va xalqiga hamdardlik bildirdi.

"Istanbuldan Skopyega avtobusda ketayotgan Shimoliy Makedoniyalik birodarlarimiz Bolgariyada fojiali YTH hodisasiga uchraganidan chuqur qayg‘udaman. Meni va turk xalqini chuqur qayg‘uga solgan ushbu fojiali voqeada hayotdan ko‘z yumgan birodarlarimizni Alloh o'z rahmatiga olgan bo'lsin!  Ularning qayg‘uli oilalariga sabr tilayman. Shimoliy Makedoniya hukumati va xalqiga hamdardligimni bildiraman va yarador birodarlarimiz va opa-singillarimizga shifo tilayman",-dedi Erdo'g'an ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida.

 


Tanlangan kalimalar: #Shimoliy Makedoniya , #Erdo'g'an , #Turkiya

Aloqador xabarlar