Erdo’g’an va Viktor Orban qo’shma matbuot anjumani o’tkazdi

Erdog’an Turkiya va Vengriya o’rtasidagi o’zaro savdoni 3 milliard dollardan 6 milliard dollarga oshirishni maqsad qilganligini ta’kidladi.

1732968
Erdo’g’an va Viktor Orban qo’shma matbuot anjumani o’tkazdi

 

Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an rasmiy tashrif bilan poytaxt Anqarada bo’lgan Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban bilan Prezidentlik majmuasida qo’shma matbuot anjumani o’tkazdi.

Yetakchilar matbuot anjumani oldidan xalqaro va mintaqaviy mavzular bo’yicha fikr almashdilar.

Erdog’an Turkiya va Vengriya o’rtasidagi o’zaro savdoni 3 milliard dollardan 6 milliard dollarga oshirishni maqsad qilganligini ta’kidladi.

“Turkiya-Yevropa Ittifoqi munosabatlarining ahamiyatiga, ayniqsa bizlarga har doim kerakli yordamni berib kelayotgan janob Viktor Orbanga va Vengriyaga shaxsan o'zim va xalqim nomidan minnatdorlik bildiraman”,-deb so’z boshlagan Turkiya prezidenti anjumanda so’zlagan nutqida.

“Men ularning aʼzolik jarayonimizga koʻrsatgan kuchli qoʻllab-quvvatlashini har doim eslayman va eslashda davom etaman. Ularning qarashlarimizni anglashga qo‘shgan hissasi yanada kuchayib boraveradi, degan umiddaman”,-deb qo’shimcha qilgan Erdo’g’an.

Xalqaro kun tartibdagi masalalarga to’xtalgan Erdo’g'an Gretsiya bosh vaziri Kiryakos Michotakisning bayonotlarini tanqid qildi.

“O’z mamlakatida 5 millionga yaqin qochqinni qabul qilgan va mezbonlik qilgan bir davlatga “qochoqlar muammosi Turkiyadan kelib chiqadi” deyish noshukurlikdir”,- dedi Turkiya prezidenti.

“Agar biz chegaralarni ochsak, Gretsiya nima qiladi, bilmayman. Eng muhimi, Yunoniston Egey va O'rta yer dengizida qochqinlarni o'limga mahkum qilgan mamlakatdir. Bizda barcha hujjatlar mavjud”,-deya ta’kidlagan Erdo’g’an.

Viktor Orban o’z navbatida Yevropa Ittifoqi Turkiyaga migratsiya masalasida imkon qadar ko'proq yordam berishi kerakligini ta'kidladi.

 


Tanlangan kalimalar: #Vengriya , #Turkiya , #Erdo'g'an , #Viktor Orban

Aloqador xabarlar