TQKning terrorga qarshi kurashi uzluksiz davom etmoqda

Turk Qurolli kuchlarining (TQK) terrorizmga qarshi kurashi mamlakatda boʻlganidek qoʻshni davlatlarda ham uzluksiz davom etmoqda.

1731757
TQKning terrorga qarshi kurashi uzluksiz davom etmoqda

Iroq shimolidagi Metina mintaqasida PKK terror tashkilotiga a’zo 4 terrorist havo amaliyoti orqali yoʻq qilindi.

Milliy Mudofaa vazirligi tomonidan Twitter hisobi orqali mavzu haqida berilgan bayonotda:

“Iroq shimolidagi terror inlarini yer bilan yakson qilishni davom etmoqdamiz. Turk Qurolli kuchlari va Milliy razvedka tashkilotining muvofiqlashgan faoliyati natijasida Metina hududida aniqlangan 4 nafar PKKga a’zo terrorist havo amaliyoti orqali yoʻq qilindi”.-degan ifodalarga oʻrin berildi.



Aloqador xabarlar